Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

"Barselona" "Arsenal" yarim himoyachisini transfer qilmoqchi

"Barselona" "Arsenal" yarim himoyachisini transfer qilmoqchi

Baho:
+ | -

Huquqlari Londonning "Arsenal" klubiga tegishli bo‘lgan tayanch yarim himoyachi Jorjinyo Ispaniya chempionatining top-klubida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Barselona" 31 yoshli italiyalikni yanvar oyida o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Yarim himoyachining transferi bilan shaxsan "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xavi Ernandes qiziqmoqda.

Jorjinyoning "kanonirlar" bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. Londonliklar futbolchini keyingi yozda tekinga boy bermaslik uchun qishda sotishlari mumkin. Transfermarkt portali yarim himoyachining narxini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:07, 07.10.2023.
O'qildi: 3016 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.