Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 00:00 Niderlandiya 2-1 Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya 5-0 Panama
07/07 06:00 Urugvay 0-0 Braziliya

Istalgan jamoa tarkibini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan 10 nafar klubsiz qolgan futbolchilar

Istalgan jamoa tarkibini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan 10 nafar klubsiz qolgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Transfer oynasi yopildi. Ammo klublarda hali ham erkin agentlar orqali tarkibni kuchaytirish imkoniyati bor. Hayron qoladigan tomoni shundaki, hozirda klubsiz qolgan kuchli futbolchilar ko‘p.

Biz Transfermarkt portali tomonidan narx belgilangan 10 nafar eng yaxshi erkin agentar haqida fikr yuritamiz.

1. David de Xea (13 million yevro)

"Manchester Yunayted" 12 yillik hamkorlikdan keyin shartnomani uzaytirmadi. De Xea Ispaniya, Italiya va Saudiya Arabistonidan variantlarga ega edi, ammo ular turli sabablarga ko‘ra posbonga mos kelmadi. De Xea munosib taklif olmasa, faoliyatini yakunlaydi, degan mish-mishlar tarqaldi. Lekin u hali futboldan ketgani yo‘q.

2. Jessi Lingard (8 million yevro)

"Nottingem Forest"da bir mavsum o‘tkazdi va klubni tark etdi. Yozda hatto mish-mishlar uni SSKA bilan bog‘ladi, ammo keyin bu ma’lumot agentlar tomonidan rad etilgan. Hozir u Saudiya Arabistoniga bir oyga jo‘nab ketdi, u yerda Stiven Jerrard boshchiligidagi "Al-Ittifoq” jamoasida bir oy mashg‘ulot o‘tkazadi. To‘liq shartnoma haqida hali gap ketmayapti.

3. Sheka (6 million yevro)

Portugaliyalik hujumkor yarim himoyachi so‘nggi 5 yilni Fransiyada o‘tkazdi. Saudiya Arabistoniga ketishga yaqin turgandi, ammo bu transfer amalga oshmay qoldi.

4. Eden Azar (5,5 million yevro)

Eden Azar haqida qanchalik achinarli: yaqinda u dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri edi, lekin u "Real"ga o‘tdi, motivasiyasini yo‘qotdi, jarohat oldi, semirib ketdi va orqaga qarab ketdi. Hozir klubsiz qolgan futbolchi faoliyatini yakunlashi haqida mish-mishlar tarqaldi. Lekin u hali bu qarorga kelmagan.

5. Jan-Fillip Gbamen (4,8 million yevro)

SSKA muxlislari Gbamenni yaxshi eslashadi - 2022 yilda u klubga olti oyga ijaraga olingandi. Shundan so‘ng Gbamen Turkiyaning "Trabzonspor" klubiga ko‘chib o‘tdi va endi uning "Everton" bilan shartnomasi tugadi.

6. Santi Mina (4 million yevro)

Andalusiya Oliy sudi uni zo‘rlash uchun 4 yillik qamoq jazosiga hukm qilganidan so‘ng, "Selta" u bilan shartnomani bekor qildi. Endilikda Mina ozodlikda, hukm ustidan shikoyat qilish jarayoni davom etmoqda.

7. Xose Kampanya (3 million yevro)

30 yoshli ispaniyalik himoyachining so‘nggi klubi Segundaning "Levante" klubi bo‘ldi. Hozirda Kampanyaga Ispaniyaning turli ligalardan qiziqish bo‘layotgani haqida ma’lumotlar bor.

8. Yann M’Vila (2,5 million yevro)

Yevropadagi istiqbolli faoliyati o‘rniga Qozonning "Rubin" klubiga o‘tgan bu iqtidorli futbolchi esingizdami? Hozir 33 yoshda M’Vila erkin agent sanaladi.

9. Nemanya Yovich (2,5 million yevro)

"Partizan" klubi tarbiyalanuvchisi va Serbiya terma jamoasi futbolchisi 21 yoshida klubsiz qoldi. Hattoki o‘tgan mavsumda uni yaxshi jamoalar kuzatib borishgandi.

10. Sulaymon Dumbiya (2,5 million yevro)

O‘zining eng yaxshi yillarini Fransiyaning "Anje" klubida o‘tkazdi. Avgust oyi oxiriga qadar u Fransiya jamoalaridan biri bilan shartnoma imzolashi kutilgandi, ammo yakunda bu amalga oshmadi.

***

Hozirda erkin agent bo‘lgan futbolchilar:

Roberto Soriano (yarim himoyachi, Italiya);
Andre Ayyu (yarim himoyachi, Fransiya);
Valon Berisha (yarim himoyachi, Kosovo);
Timo Xorn (darvozabon, Germaniya);
Karim Bellarabi (yarim himoyachi, Germaniya);
Aleish Vidal (yarim himoyachi, Fransiya);
Andros Tausend (yarim himoyachi, Angliya);
Marko Benssi (yarim himoyachi, Italiya);
Adriyen Silva (yarim himoyachi, Portugaliya);
Fil Djons (himoyachi, Angliya);
Shkodran Mustafi (himoyachi, Germaniya);
Serxio Asenxo (darvozabon, Ispaniya);
Radja Nainggolan (yarim himoyachi, Belgiya).

Kiritildi: 12:28, 07.10.2023.
O'qildi: 6186 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.