Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Federiko Kyeza: «Zamonaviy futbol talabi - pressing»

Federiko Kyeza: «Zamonaviy futbol talabi - pressing»

Baho:
+ | -

Og‘ir jarohatdan keyin asta-sekin oldingi sport formasini tiklayotgan «Yuventus»ning ishongan «figura»laridan biri Federiko Kyeza oxirgi o‘yinlarda ancha effektli harakatlanmoqda.

 Italiya milliy jamoasi hujumkor yarim himoyachisi «keksa sinyora»ning «Lechche»ga qarshi o‘yini (1:0)dan so‘ng DAZN telekanalida mehmon bo‘ldi.

- Birinchi bo‘limda «Yuve» o‘yini uncha qovushmadi. Buni «Sassuolo»dan qabul qilingan qaqshatkich zarba ta’siriga bog‘lash mumkinmi?

- Ha. Ehtimol, tanaffusga qadar avvalgi o‘yindan qolgan ruhiy zarba ta’siri sezilgandir, zero, o‘sha mag‘lubiyat (2:4) 2 kuncha oldin ro‘y berdi. Albatta, «Sassuolo» bilan bahsda nimalar bo‘lganini batafsil ko‘rib chiqdik. O‘ylaymanki, dastlabki 20 daqiqalikda juda faol to‘p surdik, biroq keyin... Umuman, raqibga muntazam pressing taklif etishni xohlaymiz. Zamonaviy futbol talabi shu, murabbiyniki ham. Tan olish kerak, Rejo-Emiliyada juda ko‘p individual xatolarga yo‘l qo‘ydik, mag‘lubiyatni aynan shu jihat bilan izohlash mumkin. Mana, bugun ikkinchi bo‘limda nisbatan yaxshi o‘yin namoyish etdik, vaziyatni to‘g‘ri baholadik va muhim 3 ochkoni rasmiylashtirdik.

- Bir qator yetakchilar jamoadan ketishdi. Endi sizga ham ko‘proq mas’uliyat tushayotgandek...

- «Yuventus» libosida o‘ynar ekansan, javobgarlik hissi hamisha yuqori bo‘ladi. Klub boy tarixga ega - skudettolar, CHL kuboklari, boshqa sovrinlar... Shunday ekan, har qanday futbolchi mas’uliyatni teran his etadi. Kiyinish xonasida yetakchilik qobiliyatiga ega yigitlar bor - Danilo, Shesni, Rabyo. Shuningdek, Fajoli va Miretti kabi o‘z salohiyatlarini isbotlash ishqida yonayotgan yoshlar ham munosib o‘rin tutishadi. Joriy mavsum kuchli to‘rtlikka kirish yo‘lida o‘yinni tobora mukammallashtirishimiz kerak. Chunonchi, kelasi yili CHLga qaytishimiz shart.

- Zamonaviy futbol haqida so‘z ochdingiz. Sizningcha, bunda qaysi xususiyatlar salmog‘i balandroq?

- Joriy mavsum raqibni kutib olish emas, balki pressing uyushtirish yo‘lidan boryapmiz. To‘g‘ri, ba’zan oyoqda yetarlicha mustahkam turolmayapmiz, xuddi bugungi o‘yinning birinchi bo‘limidagidek. «Sassuolo» bilan bahsda esa tom ma’noda faqat oldinga siljidik, faqat hisob 2:1ga aylangach, nazoratni yo‘qotdik, muvozanat buzildi. Tabiiyki, futbolda to‘liq 90 daqiqa raqibga bosim o‘tkazishning iloji yo‘q. Gohida faollik biroz pasayadi, faqat xatolar kuzatilmasa, bas. Qisqasi, zamonaviy futbolning asosiy tendensiyalari biri - pressing. Bunda vaziyatlarni to‘g‘ri baholash va muvozanatni saqlash juda muhim. 

- Jamoadagi yangi rolingiz haqida: Milik va Vlaxovich bilan o‘ynash o‘rtasida qanday farq bor?

- O‘zim uchun muhim o‘zgarish. Qanotda eng yaqin futbolchi bilan o‘zaro aloqadaman, markazda esa atrofimda ko‘plab yigitlarni ko‘ryapman. Bu - o‘yinim taraqqiyotining bir qismi. Murabbiy raqib darvozasiga yaqinroq joylashishimni tayinlamoqda. Menimcha, ishonchga yaxshi start bilan javob qaytara oldim. Vlaxovich bilan «Fiorentina»da ham birga o‘ynaganman, bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Endi Milik va Kin bilan ham hamkorlik chakki chiqmayapti. 

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 17:01, 07.10.2023.
O'qildi: 1092 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик