«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag kecha Angliya chempionatining 8-turi doirasidagi «Brentford»ga qarshi o‘yinda braziliyalik yarim himoyachi Kazemironi almashtirishi haqida gapirdi.
Futbolchi tanaffus vaqtida maydonni tark etdi.
«Men shunchaki ko‘proq futbol bo‘lishini xohlardim», - dedi gollandiyalik mutaxassis AS'ga bergan intervyusida.
Uchrashuv «qizil iblislar»ning 2:1 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan yakunlandi. Har ikki gol ham yarim himoyachi Skott Maktominay tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda kiritildi.