Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Shogird ustozini yutar mahali – hozir bo‘lmasa qachon?

Shogird ustozini yutar mahali – hozir bo‘lmasa qachon?

Baho:
+ | -

Bugun «Arsenal» va «Man Siti» o‘rtasidagi super to‘qnashuv bizni kutib turibdi. Quyida o‘yindan oldingi ayrim holatlarga to‘xtalamiz.

Artetaning matbuot anjumani

«Jamoaning 16 yil ichida birinchi marta eng yaxshi starti haqida nima deyishim mumkin? Biz bu ligada doim shunga intilganmiz, har bir uchrashuvda birinchi o‘rinda bo‘lishimiz kerak, ko‘plab o‘yinlarda g‘alaba qozona oldik. Agar g‘alaba qozona olmasangiz, yutqazmang. Chempionlar ligasi bahslarini ham hisobga olsak, har 3 kunda eng yaxshi holatda bo‘lishingiz kerak. Orqaga qaray olmaymiz, shuni aniq bilamizki, biz 100 daqiqa davomida o‘z o‘yinimizning eng yuqori pog‘onasida bo‘lishimiz kerak. Shunda yakshanba kuni bizda «Siti»ni mag‘lub etish imkoniyati bo‘ladi.

Bu o‘yin mavsumning hal qiluvchi o‘yinimi? Yo‘q, bu katta energiya va ishonchni oshiradi, ammo bundan muhim bahslar hali oldinda.

Angliya Superkubogida ularni mag‘lub etganmiz. Ushbu bahsdan ko‘p narsa olishimiz mumkin. Bu biz uchun juda muhim. «Man Siti»ga qarshi o‘yinda chempionlikni qo‘lga kiritish har doim qimmatlidir va buni amalga oshirganmiz. Bu bizga ishonch va ularni mag‘lub eta olishimizga qo‘shimcha kuch beradi.

Kay Xaversning tanqidi haqida nima deb o‘ylayman? Bilmayman, men bu yerda hukm qilish uchun turganim yo‘q, lekin sizga shuni ayta olamanki, har kuni uning yuqori xarizmasiga guvoh bo‘laman, endi u o‘zini har tomonlama isbotlashi kerak. Kay bu borada turli yo‘llar bilan harakat qilishi mumkin, ammo endi u imkon qadar ko‘proq gol urish uchun intilishi zarur. Unga berilgan vaqt va muddat juda kam qoldi», – dedi Arteta. 

Arteta, shuningdek, Saka va Tomas Parti bugungi o‘yinda ishtirok etishlarini tasdiqladi. Martinelli mashg‘ulot o‘tkazdi, ammo o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida.

Gvardiola ishtirokidagi matbuot anjumani 

«Stouns mashg‘ulotlarda qatnashdi, lekin u «Arsenal»ga qarshi o‘ynamaydi.

O‘ylaymanki, bu o‘yinda biz pastroq bosim ostida o‘ynaymiz. Javob o‘yinida «Arsenal» «Etihad»ga kelganida hammasi boshqacha bo‘ladi - jadvaldagi o‘ringa qarab, bu ko‘p narsani aniqlab beradi. Chorshanba kuni biz aql bovar qilmas kuchni ishlatdik, guruhda ikkita mehmondagi o‘yinimiz qoldi va endi «Arsenal»ga qarshi bahs ham bu taqvimga tiqilib qoldi. Ular o‘tgan mavsumda APL bosh sovrini uchun eng katta da’vogar edilar, go‘yoki uzoq muddatlik gegemonlik hammasini hal qilsa...

«Arsenal» qaytdi, ular endi doimiy poygada ishtirok etishadi. Yoshligimda «Barselona»ni boshqara boshlaganimda, «to‘pchilar» Ser Aleks Fergyusonning «Manchester Yunayted» jamoasi bilan kuchli raqobat qilardi. O‘shandan so‘ng ko‘p yillar davomida ular chempionlik poygasidan chiqib ketdi, ammo endi yana qaytishdi.

Arteta jamoasi bizning chempionlik uchun raqobatchimiz bo‘ladimi? Albatta, «Liverpul» bilan birga. Raqiblarni tahlil qilish uchun dastlabki 10 ta o‘yinni ko‘rib chiqish kerak. Biz bu 10 ta o‘yinni hali o‘tkazmadik, shuning uchun kutishga to‘g‘ri keladi, ammo katta klublar har doim jiddiy raqib bo‘lishadi», – dedi Gvardiola.

«Arsenal»ning taxminiy tarkibi

Kuchli tarkib, to‘g‘rimi? Gvardiola qo‘l ostidagi «shaharliklar» chuqur «avtobus» qurmasligini inobatga olsak, bunday tarkib shov-shuv ko‘tarishi, balki 3 ochko keltirishi ham mumkin. Shuningdek, Remsdeyl o‘rniga Rayyani ko‘rish maqbulroq. Ha, «Lans»ga qarshi o‘yinda noxush xato bo‘ldi, lekin bu unchalik muhim emas. Qolaversa, David jamoaning sifatlarini yangicha ko‘rinishda ochib beradi. Remsdeylga hurmat bilan aytsak, u hozir asosiy darvozabondan ko‘ra kubok darvozaboni bo‘lib qolgandek.

«Shaharliklar»da kadrlar muammosi bor. «Kanonirlar» 8 yil ichida birinchi marta bu klubni mag‘lub etishlari mumkin.

- De Bryuyne (2024 yilgacha safga qaytmaydi)

- Stouns (to‘liq tiklanmagan)

- Rodri (diskvalifikasiya)

Ko‘p yillar davomida birinchi marta «Arsenal» «Siti»ga qaraganda yaxshiroq kadrlar holatiga ega va «kanonirlar» o‘z uyida o‘ynashini hisobga olsak, g‘alaba qozonish uchun ajoyib imkoniyatga ega. Albatta, «shaharliklar»ni chetga chiqarib tashlamoqchi emasmiz, lekin bu yakshanba kuni ularga qarshi o‘ynash, masalan, avgust oyida Angliya Superkubogi o‘yinidagidek qiyin bo‘lmaydi.

«Shaharliklar»ning asosiy quroli - Pep Gvardiola. Bu murabbiy hamma narsaga qodir, shuning uchun uning jamoasiga qarshi o‘ynash qiyin, ammo buning iloji yo‘q degani emas.

Arteta Angliya Premyer-ligasida hech qachon «Manchester Siti»ni mag‘lub eta olmagan. Mikel uchun bu mavsumda uch ochko olish va «engilmas» bo‘lib qolish ikki barobar motivasiya bo‘ladi. Ayniqsa, hozir bo‘lmasa, qachon?

Kiritildi: 12:09, 08.10.2023.
O'qildi: 2169 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.