Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 0-0 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-0 Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Ferdinand: «Postekoglu jamoaga qattiqqo‘llik qo‘shdi»

Ferdinand: «Postekoglu jamoaga qattiqqo‘llik qo‘shdi»

Baho:
+ | -

Rio Ferdinandning fikricha, Anje Postekoglu «Tottenxem»ning ruhiyatini kuchaytirgan.

Klub Premyer-liga mavsumi boshida biror o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi. «Shporlar» 8 o‘yinda 20 ochko to‘plagan va APL turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda.

Jamoa Angliya chempionatining 8-turida «Luton»ni qabul qilib, 1:0 hisobida zafar quchdi. Londonliklar ikkinchi bo‘lim davomida ozchilikda o‘ynashdi - Iv Bisuma tanaffusga qadar qizil kartochka oldi.

«Kiyinish xonasidagi muhit muhim natijani beradi. So‘nggi bir yil ichida «Tottenxem» juda yumshoq xarakter ko‘rsatayotgan edi.

O‘tgan mavsumda ular bu tempda mag‘lub bo‘lishardi. Postekoglu jamoaga qattiqqo‘llik qo‘shdi.

Maydonda 10 kishi qolsa, markaziy himoyachilar kuchayishi kerak. Romero va van de Ven himoyada eng yuqori saviyada harakat qilishdi.

Shu nuqtayi nazardan qaraganda, jamoa to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilmoqda. Biroq chempionlik haqida gapirishga hali erta», - dedi «Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi.

Kiritildi: 16:39, 08.10.2023.
O'qildi: 1526 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик