Kirish Ro'yxatdan o'tish

Messini qaytarish "Barselona" rejalariga kiritilmagan

Messini qaytarish "Barselona" rejalariga kiritilmagan

Baho:
+ | -

Lionel Messi yanvar oyida "Barselona"ga qaytmaydi.

Eslatib o‘tamiz, “Inter Mayami” MLS pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini yo‘qotdi. Shu fonda argentinalik hujumchining ijara asosida "Barselona"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi bu variantni ko‘rib chiqmayapti - moliyaviy feyr-pleyni kuzatgan holda Messini qo‘lga kiritish imkoniyati yo‘q. Kataloniyaliklarning qishki transfer oynasidagi ustuvor vazifasi hozirda "Atletiko Paranaense"da o‘ynayotgan hujumchi Vitor Rokeni ro‘yxatdan o‘tkazish.

Messining o‘zi ham yaqin orada "Barselona"ga qaytish niyatida emas. Ehtimol, qishki ta’til paytida u Kataloniyaning poytaxtiga dam olish uchun keladi, ammo klubga ko‘chib o‘tish haqida gap bo‘lmaydi.

Kiritildi: 19:50, 09.10.2023.
O'qildi: 2263 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик