Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Superliga va Pro liga uchrashuvlarida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar yuzasidan ekspert-hakamlar komissiyasi tahlili va qarorlari

Superliga va Pro liga uchrashuvlarida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar yuzasidan ekspert-hakamlar komissiyasi tahlili va qarorlari

Baho:
+ | -

O‘tgan haftada O‘zbekiston Superligasi va Pro Ligada navbatdagi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ikki musobaqa doirasidagi jami o‘tkazilgan ushbu tur o‘yinlarida umumiy 9 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi. Bugun, 10-oktyabr kuni ushbu vaziyatlar ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, atroflicha tahlil qilindi va xulosalar berildi. Quyida ushbu xulosalarni qisqacha taqdim etamiz.

1-vaziyat: «Turon» – «Metallurg» bahsi, ofsayd yoki jarima zarbasi.

Mazkur holatda «Turon» jamoasi hujumchisi ehtimoliy ofsayd holatida to‘pni qabul qilib olgan, so‘ngra raqib jarima maydonchasi tomon hujumni davom ettirgan. Vaziyatni kuzatib turgan qanot hakami har ehtimolga qarshi o‘yinni to‘xtatmagan, shundan so‘ng «Metallurg» himoyachisi hujumchini qo‘pollik ishlatib to‘xtatgan. Bosh hakam himoyachiga sariq kartochka ko‘rsatgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: “Ushbu vaziyatda qanot hakami bosh hakamga o‘yinni davom ettirish maslahatini berib, to‘g‘ri qildi. VAR tasvirlari orqali mazkur hujumda o‘yindan tashqari holat borligi aniqlandi. Qo‘pollik uchun esa «Metallurg» a’zosiga sariq kartochka ko‘rsatilgani to‘g‘ri qaror. Hakamlarning qarori to‘g‘ri deb topildi”.

2-vaziyat: «Turon» – «Metallurg» uchrashuvi, to‘pning ehtimoliy qo‘lga tegishi.

Uchrashuvning oxirgi daqiqalarida «Turon» jarima maydonchasi yaqinida yuzaga kelgan ushbu holatda to‘p xuddi himoyalanayotgan jamoa a’zosi Ravshan Xayrullayevning qo‘liga tekkandek ko‘ringan. VAR yordamidan so‘ng, o‘yinni davom ettirishga ruxsat berilgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: «Mazkur vaziyatni bosh hakam G‘ayrat Jo‘rayev  yaxshi pozisiyadan kuzatib turgan edi. Takroriy lavhalar ham to‘p futbolchining qo‘liga tegmaganini ko‘rsatmoqda. Shu sababli, hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi».

3-vaziyat: «Bunyodkor» – «Qizilqum» bahsi, ehtimoliy penalti.

Uchrashuv dastlabki daqiqalarida «Qizilqum» jarima maydonchasi ichida mezbonlar hujumchisi Igor Ivanovich raqib darvozaboni bilan to‘p uchun kurash vaqtida yiqilgan. Dastlab, bosh hakam Farruh Yansupov qoidabuzarlik bo‘lmaganini ta’kidlab, uchrashuvni davom ettirishga ruxsat bergan, biroq VAR uni monitor oldiga chaqirib, takrorlarni ko‘rib chiqish taklifini bergan. Videotakrorlardan so‘ng ham hakam o‘sha qarorida qolgan va o‘yin davom ettirilgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: «Ushbu vaziyatda hakamning dastlabki qarori to‘g‘ri edi, haqiqatdan ham darvozabon va hujumchi o‘rtasida aytarli kontakt bo‘lmagan. VAR aralashuvi esa bu vaziyatda kerak emasdi. Bosh hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi».

4-vaziyat: «Bunyodkor» – «Qizilqum» o‘yini, to‘pning qo‘lga tegishi.

Bahsning 56-daqiqasida raqib hujumini to‘xtatish jarayonida «Qizilqum» futbolchisining qo‘liga to‘p tekkan va bosh hakam jarima zarbasi belgilagan. Ushbu jarima zarbasidan «qaldirg‘ochlar» gol urib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lgan (1:1).

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: «Mazkur vaziyatni hakam yaxshi pozisiyadan turgan edi. Videotakrorlarda ko‘rinib turibdiki, qo‘lga to‘p tekkan va qoida buzilgan. Bosh hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi».

5-vaziyat: «Bunyodkor» – «Qizilqum» bahsi, ehtimoliy fol va ofsayd.

Uchrashuvning 75-daqiqasida «Qizilqum» gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu hujum maydon markazidan boshlanib, o‘ng qanot orqali davom ettirilgan. Hujum boshlanishida mehmonlar a’zosi Giorgi Kuxianidze qo‘pollik namoyish etgandek taassurot uyg‘otgan, shuningdek, gol urilgan vaziyatda ofsayd bordek ko‘ringan. Gol inobatga olingan, VAR ham bu to‘g‘ri bo‘lganini tasdiqlagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: «Hujum boshidagi holat to‘p uchun tabiiy kurash hisoblanadi, bu yerda hech qanday fol yo‘q. Hakam o‘yinni davom ettirib to‘g‘ri qildi. O‘yindan tashqari holat masalasida VAR savollarga o‘rin qoldirmagan. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri deb topildi».

6-vaziyat: OKMK – «So‘g‘diyona» o‘yini, penalti va 2-sariq kartochka.

Olmaliqdagi bahsning 66-daqiqasida «So‘g‘diyona» a’zosi qanotdan raqib jarima maydonchasi ichiga to‘pni uzatgan, hujumchi esa OKMK a’zosi bilan to‘pni egallab olish uchun kurash vaqtida yiqilgan. Bosh hakam Ibrohim Ismoilov 11 metrli jarima zarbasi belgilab, mezbonlar a’zosiga 2-sariq kartochkani ko‘rsatib, maydondan chetlatgan. Ismoilov o‘z qaroriga yana bir bor ishonch hosil qilish uchun VAR monitori oldiga chaqirilgan va qarorini o‘zgartirmagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: «Jarima maydonchasi ichida yuzaga kelgan bu holat to‘p uchun tabiiy kurash hisoblanadi, bu vaziyatda penalti belgilanishi to‘g‘ri qaror emas. Bosh hakamning qarori noto‘g‘ri deb topildi».

7-vaziyat: «Nasaf» – «Neftchi» uchrashuvi, mezbonlarning birinchi goli.

Bahsning 39-daqiqasida «Nasaf» burchak zarbasini ijro etgan va to‘p bosh bilan uzatilgach, gol urilgan. Qanot hakami Anvar Marajabov dastlab o‘yindan tashqari holat qayd etdi. Biroq vaziyatga VAR aralashgach, gol inobatga olindi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: «Mazkur vaziyatda VAR hakamlari ofsayd chizig‘ini chizish orqali barcha shubhalarga chek qo‘ya olishdi va gol to‘g‘ri hisobga olindi. Uchrashuv hakamlarining qarori to‘g‘ri».


8-vaziyat: «Buxoro» – «Navbahor» bahsi, ehtimoliy penalti.

O‘yinning 42-daqiqasida «Navbahor» jarima maydonchasi ichida himoyachi va «Buxoro» futbolchisi o‘rtasida kontakt yuzaga kelgan. Bosh hakam bu vaziyatda hech qanday fol yo‘qligini ta’kidlab, o‘yinni davom ettirishga ruxsat bergan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: «Futbol kurashlarga boy sport turi. Har bir futbolchi qoidalarga zid harakat qilmagan holda, jismoniy holatidan kelib chiqib, to‘p uchun kurashishga haqli. Bu vaziyatda ham to‘pga ega chiqish yo‘lida tabiiy kurash ketgan va bu kabi holatlar uchun penalti belgilanmaydi. Bosh hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi».


9-vaziyat: «Buxoro» – «Navbahor» o‘yini, mezbonlar darvozasiga ehtimoliy penalti, to‘pning qo‘lga tegishi.

Bahsning 57-daqiqasida namanganliklar jarima zarbasini ijro etgan va dastlab, «Buxoro» darvozaboni Sardor Qobiljonov to‘pni mushti bilan urib, uzoqlashtirishga harakat qilgan, hujumning keyingi bosqichida mezbonlar a’zosi bosh bilan to‘pga zarba bergach, to‘p uning jamoadoshining qo‘liga borib tekkan. Bosh hakam VAR tasvirlarini ko‘rib chiqib, penalti belgilamaslikka qaror qilgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: «Mazkur holatda hujumning birinchi bosqichidagi darvozabonning to‘pni qaytarib yuborgan vaziyati e’tiborga molik. Bu yerda posbonga nisbatan yaqqol qo‘pollik namoyish etilgan. Shu sababli, hujumning keyingi bosqichidagi holatlar hisobga olinmaydi. Ta’kidlash joizki, darvozabon bilan bo‘lgan holat yuz bermagan taqdirda ham 11 metrli jarima zarbasi belgilanmasdi, sababi —  qo‘l o‘z jamoadoshi tomonidan kelib tushgan to‘pga bexosdan tegib ketsa, qoidalarga ko‘ra penalti belgilanmaydi».

Manba: https://t.me/uzfhm

Ушбу вазиятлар видеолавҳасини Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази телеграм каналида кўриб олиш мумкин.

Kiritildi: 18:09, 10.10.2023.
O'qildi: 3110 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.