Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Saudiyada super o‘sish!

Saudiyada super o‘sish!

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni milliardlab dollar sarflashni talab etadigan keng ko‘lamli sport loyihasini amalga oshirmoqda.

Bu oson ish emas: futbolga kiritilayotgan sarmoyalar - mamlakatni zamonaviylashtirish davlat dasturining bir qismi. Shunday ekan, sarmoyalar salmog‘i ortib borishi aniq. Sportga ommaviy ta’sir ko‘rsatishni G‘arbdagilar mansabdorlarning o‘z obro‘-e’tiborlarini oshirish uslubi, deb hisoblaydilar. Lekin shahzoda Muhammad bin Salmonni bunga o‘xshash kinoyalar mutlaqo qiziqtirmaydi: «Mazkur harakatlar mening yalpi daromadimni 1 foizga oshirgan taqdirda ham, uni davom ettiraman. Buni qanday baholasangiz baholayvering. Biz yana 1,5 foizli o‘sishga intilmoqdamiz».

Mamlakat futbolini rivojlantirish uchun saudiyaliklar yashil maydon va uning tashqarisidagi raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan yangi loyihani ishlab chiqishdi. Asosiy maqsad - eng yaxshi xorijlik o‘yinchilarni jalb etish orqali mahalliy yoshlar mahoratini oshirish. Ligadagilar harakat ancha avvalroq boshlanganini ta’kidladilar:

*** 2021 yildan boshlab Saudiyada yoshlar futbolini moliyalashtirish ko‘lami 162 foizga oshirildi;

*** 23ta regional mashg‘ulot markazlari tashkil etilgan va ishga tushirildi;   

*** Ro‘yxatdan o‘tgan erkak o‘yinchilar soni 58 foizga oshdi;

*** 2018-2023 yillar oralig‘ida murabbiylar soni 750 nafardan 5500 nafarga ko‘tarildi. Ularning 1000dan ortig‘i - ayollar;

*** Joriy mavsumdan joriy etilgan bir qator qoida va tashabbuslar orasida saudiyalik yosh futbolchilarning o‘yin amaliyotlarini ko‘paytirish bandi ham bor: shu maqsadda asosiy jamoada to‘p suradigan yosh iqtidorlar yoshi 18dan 16ga tushirildi.

Yoshlar taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi qadamda tarkibga jalb etilgan futbolchilar sonini 35 nafardan 25taga tushiriladi. Ularning 10 nafari 21 yoshdan kichik bo‘lishlari shart (qoida 2025|26 yillar mavsumida kuchga kiradi). Bundan tashqari, liga futbolchilarni jalb etish bo‘yicha yangi ilg‘or tajriba Markazini ochdi. Hozirga qadar 47 mamlakatdan 152 nafar o‘yinchilar olib kelindi. Bular Saudiya chempionatidagi o‘yinchilarning 29,1 foizini tashkil etmoqda.

«O‘sish qisqa vaqt ichida yuz beradi, deb o‘ylamaymiz. Bu bir hafta ichida amalga oshiriladigan tadbir emas, uzoq muddatli loyiha. Mazkur loyiha mamlakatni yuksak cho‘qqilar sari yo‘llaydigan intilishlarning bir qismi. Qirollikdagi va butun dunyodagi ligaga bo‘lgan qiziqishlari oshib borayotgani, shuningdek, bu yerdagi homiylik imkoniyatlarining o‘ta ulkan ekanligi g‘oyaning amalga oshayotganligini tasdiqlaydi», - dedi liganing ijrochi direktori Karlo Nora.

Homiylar masalasi qay darajada?

Noraning fikricha, joriy mavsumda homiylar soni 75 foizga ko‘payadi. Klublar o‘z sheriklarini topa boshladilar. «Al-Nasr» Nike bilan eksklyuziv shartnomani imzoladi, «Al-Hilol» Puma bilan 2027 yilgacha hamkorlik qiladi, «Al-Ittihod» Evkan Finance, Yelo va Shgardi kompaniyalari bilan kelishuvga erishdi. Hozircha kompaniyalar qaysidir jihatdan davlatga aloqadorlar. Lekin mutasaddilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar va xorijiy homiylardan umidvorlar.

Muxlislar tashrifi

Terma jamoalar uchrashuvlari tufayli yuz beradigan tanaffusga qadar muxlislarning umumiy soni 440003 kishiga yetdi. Bu o‘tgan yildagi ko‘rsatkichdan 25 foizga ko‘proq. Hozirda «Al-Hilol» Saudiyaning muxlisi ko‘p klubi. Uning 68000 o‘rinli stadioniga o‘rtacha 29500 muxlis keladi. «Al-Nasr»da bu ko‘rsatkich 21600ga, «Al-Ahli»da 21200ga teng.

O‘tgan mavsumda «Al-Hilol» o‘yinlari o‘rtacha 9800, «Al-Ittihod» 40400, «Al-Nasr» 17600 nafar muxlislar guvohligida to‘p surishgan, «Al-Ahli» esa oliy ligada emasdi.

Chiptalar bahosi esa o‘ta qimmatlashib ketmadi - masalan, eng arzon bahodagi «Al-Nasr» stadioniga 35 rial bilan kirish mumkin, qishda baho 30 rialga tushadi.

Teletranslyasiyalar

Krishtianu Ronaldu Saudiya chempionatiga kelganidan keyin liga IMG kompaniyasiga o‘yinlarni xorijda namo­yish etish uchun qisqa muddatli TV shartnomalarini imzolash topshirig‘ini bergandi. Kompaniya 70dan ortiq kanallar bilan yakka tartibdagi kelishuvlarni rasmiylashtirdi. Shuningdek, u Premyer-liga, FIFA, XOQ, MXL, UFC va World Rugby bilan hamkorlik qilmoqda.

Yozda kompaniya saudiyaliklardan 2023|24 va 2024|25 yillar mavsumi uchun xalqaro shartnomalar tuzishni topshirgandi. Buyurtma muvaffaqiyatli uddalandi: 26ta telekanallar Saudiya chempionati o‘yinlarini namoyish etish huquqiga ega bo‘ldilar.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kelishuvlarning birortasi ham 10 mln. dollardan ortiq emas. Biroq bu Saudiya Arabistoni uchun ulkan o‘zgarish - uchrashuvlar 170ta mamlakatda, jumladan, Avstraliya, Braziliya, Ruminiya, Italiya, Fransiya, Germaniya, Xitoy, Turkiya va Rossiyada namoyish etilmoqda.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:48, 10.10.2023.
O'qildi: 4101 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.