Xitoy va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi 16 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvida VAR tizimidan foydalaniladi.
Kecha o‘tkazilgan Xitoy-Vyetnam uchrashuvida VARdan ikkita vaziyatda foydalanildi. Birinchi vaziyatda VAR yordamida vyetnamliklar futbolchisi Nguyen Tyen Lin maydondan chetlatilgan bo‘lsa, ikkinchi vaziyatda Xitoyning goli ofsayd tufayli bekor etildi.