Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

"Tottenxem" "Manchester Siti" yarim himoyachisiga qiziqayotgan klublardan biri

"Tottenxem" "Manchester Siti" yarim himoyachisiga qiziqayotgan klublardan biri

Baho:
+ | -

Londonning “Tottenxem” klubi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kalvin Fillipsga qiziqayotgan klublardan biri. Jurnalist Stiv Kay ma’lumotlariga ko‘ra, Ange Postekoglu jamoasi angliyalik futbolchini yanvar oyidagi transfer oynasida qo‘lga kiritishga harakat qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Fillips qishda “Manchester Siti”ni tark etish ehtimoli yuqori. Futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istaydi, lekin hali bosh murabbiy Pep Gvardioladan kerakli ishonchni qozongani yo‘q.

Avvalroq Fillipsga “Nyukasl” va “Liverpul” klublari ham qiziqish bildirayotgan edi. “Manchester Siti” Kalvin bilan doimiy ravishda xayrlashmaydi va futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga yuborish varianti bor.

Kiritildi: 11:27, 11.10.2023.
O'qildi: 932 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.