Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Runi nima uchun "Birmingem" jamoasini qabul qilib olganini tushuntirdi

Runi nima uchun "Birmingem" jamoasini qabul qilib olganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi "Birmingem"ni boshqarish haqidagi qarorini tushuntirdi.

“Shubhasiz, men tajriba va rivojlanish uchun AQSHga bordim, lekin "Birmingem"ga qo‘shilish imkoniyati paydo bo‘lgach, bundan juda hayajonlandim. Men yana Angliyada murabbiylik qilayotganimdan hayajonlandim va xursand bo‘ldim va buni intiqlik bilan kutyapman. "Birmingem" - ulkan klub va men egalarining ambisiyalari va klub qanday oldinga intilishlarini aniq bilaman. Bu futbolda o‘z izini qoldirishi mumkin bo‘lgan ulkan voqea. Men ushbu futbol klubiga muvaffaqiyat keltirish uchun harakat qilishning bir qismi bo‘lmoqchiman", - dedi Runi Goal bilan suhbatda.

Bugungi kunga kelib, "Birmingem" 11 uchrashuv natijasiga ko‘ra 18 ochko jamg‘arib, Chempionship turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi. "Birmingem" jamoasi ichki chempionatdagi navbatdagi o‘yinini 21-oktyabr kuni o‘tkazadi va safarda “Midlsbro”ga qarshi maydonga tushadi.

37 yoshli Ueyn Runi "Everton" va "Manchester Yunayted"dagi o‘yinlari bilan mashhur. Angliyalik futbolchi murabbiylik faoliyatini 2019 yilda boshlagan.

Kiritildi: 09:46, 13.10.2023.
O'qildi: 1293 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.