Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Iskanderov OCHL 2-turining eng yaxshi goli muallifi bo‘lishga nomzod

Iskanderov OCHL 2-turining eng yaxshi goli muallifi bo‘lishga nomzod

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) tomonidan Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turining eng yaxshi goli muallifi bo‘lishga da’vogar futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi.

Biz uchun quvonchlisi, ushbu ro‘yxatdan "Navbahor"ning tajribali yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov tomonidan “Mumbay Siti” (Hindiston) darvozasiga urilgan gol ham o‘rin olgan.

Xabaringiz bor, o‘sha o‘yinda “lochinlar” yirik – 3:0 hisobida g‘alaba qozonishgan, Iskanderov uchrashuvning 52-daqiqasida 25 metrlar chamasi uzoqlikdan chap oyog‘ida darvozaga kuchli va aniq zarba yo‘llab, hisobni ochgan hamda “Navbahor”ning Osiyo Chempionlar Ligasi  (OCHL)dagi ilk goli muallifiga aylangandi. 

OCHL 2-turining eng yaxshi goli muallifi bo‘lishga da’vogarlar qatorida Mussa Marega (“Sharja” FK), Ali Jasim (“Eyr Fors”), Neymar (“Al –Hilol”), Taliska (“Al-Nasr”), Rungrat Pumichantuk (“Bangkok Yunayted”), Paul-Xose M`Poku (“Incheon Yunayted”), Aziz Behich (“Melburn Siti”), Kento Tachibanada (“Kavasaki”) va Orif Aiman (“Johor Darul”)lar ham bor.

Eng yaxshi golga ovoz berish uchun ushbu sahifaga o‘ting.

     

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 11:21, 13.10.2023.
O'qildi: 1938 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик