Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ronaldu: "Roberto Martines qo‘l ostida ajoyib jamoa bor"

Ronaldu: "Roberto Martines qo‘l ostida ajoyib jamoa bor"

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasi va bosh murabbiyi Roberto Martinesning saviyasini yuqori baholadi.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassis Qatardagi jahon chempionatidan so‘ng Belgiya terma jamoasini tark etganidan keyin ish boshlagan edi.

"Portugaliya terma jamoasida o‘ynaganimdan xursandman. Biz yaxshi o‘yin ko‘rsatdik va Yevropa chempionatiga yo‘llanma oldik, chunki Roberto Martines qo‘l ostida ajoyib jamoamiz va ajoyib murabbiyimiz bor", - dedi Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Portugaliya terma jamoasi Yevropa chempionatidagi ishtirokini ta’minladi. Oldinroq Ronaldu kelasi yozda Germaniyada bo‘lib o‘tadigan turnirda ishtirok etish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 14:16, 14.10.2023.
O'qildi: 1484 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик