Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Italiyada pul tikish mojarosi avj oldi

Italiyada pul tikish mojarosi avj oldi

Baho:
+ | -

Italiyada to‘satdan bukmekerlik mojarosi avj oldi: to‘rt nafar futbolchi noqonuniy pul tikishda gumon qilinmoqda. Aniqrog‘i, A Seriyadan ikki nafar va Italiya terma jamoasidan yana ikki nafar futbolchi.

Avgust oyida jurnalist Fabrisio Korona pul tikish haqidagi mavzuni ko‘tara boshladi. U Corriere della Serra muharrirlari bilan muntazam aloqada bo‘lib, ular bilan yangi ma’lumotlarni baham ko‘radi. U noqonuniy pul tikishda ayblagan birinchi futbolchi "Yuventus" yarim himoyachisi Nikolo Fajioli edi. Shuni aniq aytish kerakki, sportchilarga prinsipial ravishda garov qo‘yishga ruxsat beriladi, lekin birinchidan, ular noqonuniy platformalarda taqiqlanadi, ikkinchidan, sportchilar o‘z harakatlariga pul tikishlari mumkin emas.

Bu sport kodeksining 24-moddasida ko‘rsatilgan. Kodeksni buzganlarga minimal sanksiyalar uch yil muddatga diskvalifikasiya va 25 ming yevro miqdorida jarima hisoblanadi.

Keyinchalik Fajioli tergovchilar bilan suhbatda hamma narsani tan oldi: u haqiqatan ham noqonuniy platformalarga pul tikkan. Nikolo tergov bilan kelishuvga erishdi. Bu uning diskvalifikasiya muddatini qisqartirishga yordam beradi.

Keyin Italiya terma jamoasi yarim himoyachilari Sandro Tonali va Nikolo Dzanyologa nisbatan ayblovlar qo‘yildi. Futbolchilar Italiya terma jamoasidan chiqarib yuborildi va payshanba kuni Koversianoda so‘roq qilindi. O‘yinchilar noqonuniy platformalarda garov qo‘yganliklarini tan olishdi, lekin ular poker va blekjek o‘ynashgan, ular futbolga pul tikishmagan. Ular, shuningdek, Fajioli bilan aloqalarini rad etishdi.

La Repubblica xabar berishicha, so‘roq paytida futbolchilar yig‘lab yuborishlariga sal qoldi. Polisiya ularning barcha gadjetlarini musodara qildi.

Har holda bu futbolchilar yaqin orada terma jamoaga yordam bera olmaydi. Luchano Spalletti allaqachon Dzanyolo va Tonalini xalqaro o‘yinlardan qo‘yib yuborgan va Stefan El-SHaaravini chaqirgan.

Ertasi kuni yangi huquqbuzarning ismi paydo bo‘ldi: Nikola Zalevski. 21 yoshli polyak "Roma"da o‘ynaydi. Manbaga ko‘ra yarim himoyachi 20 avgust kuni "Salernitana"ga qarshi o‘yinda sariq kartochka olishiga pul tikkan.

Koronaning manbasi kim va endi nima bo‘ladi?

La Repubblica gazetasining ta’kidlashicha, polisiya Fajiolining telefonida pul tikish bilan bog‘liq suhbatni topdi. U A Seriyaning 10 nafarga yaqin futbolchisidan iborat. Koronaning o‘zi bu ishning boshlanishi, deb ishontirmoqda: “Bilish kerakki, bu ishda yana kamida 10 nafar futbolchi, besh-olti nafar agent, shuningdek, noqonuniy bukmekerlik idoralari ishtirok etmoqda”. Jurnalistning aytishicha, boshqa narsalar qatorida janjalga besh-oltita turli klublar aloqador bo‘lgan, biroq xavfsizlik nuqtai nazaridan ularning nomini aytishni istamagan.

Korona uning ishonchli manbalari borligini aytdi. Ulardan biri Mourinyo davridagi “Inter”ning sobiq futbolchilaridan birining qarindoshi. Darvoqe, bu futbolchi Mario Balotellining yaqin do‘stlaridan biri bo‘lib, Joze qo‘l ostida “Inter”da ham o‘ynagan.

Ko‘rinishidan, Korona asta-sekin boshqa o‘yinchilarining nomlarini oshkor qiladi. Fabrisioning fikricha, Sport kodeksi nafaqat futbolchilar, balki klub prezidentlari tomonidan ham buzilgan.

Kiritildi: 20:25, 14.10.2023.
O'qildi: 1608 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик