Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Saudiya Arabistonidagi yulduzlarning ahvoli qanday?

Saudiya Arabistonidagi yulduzlarning ahvoli qanday?

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni chempionatida allaqachon to‘qqiz tur oortda qoldi. Birinchi xulosalar chiqarish va yulduzlarning Yaqin Sharqda qanday ishlashini ko‘rish vaqti keldi. Biz Saudiya ligasining asosiy futbolchilari statistikasini to‘pladik. Qaysi yulduz yaxshi harakat qilmoqda?

"Al-Hilol"

“Al-Hilol” Saudiya Arabistoni chempionatida 9 turdan keyin 23 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Yozda jamoa ligadagi istalgan klublar ichida eng ajoyib transfer kampaniyasini amalga oshirdi. Bir qancha superyulduzlar “Al-Hilol” safiga qo‘shildi.

Darvozabon Bunu 3-turdan beri doimiy ravishda maydonga tushmoqda. U yettita o‘yinda beshta gol o‘tkazib yubordi. Himoyachi Kalidu Kulibali oltita o‘yinda ishtirok etdi va hatto “Al-SHabab” bilan 8-tur o‘yinida gol ham kiritdi. Sergey Milinkovich-Savich yetti o‘yinda 4 (2+2) ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Yarim himoyachi Ruben Nevesh mavsumning barcha to‘qqizta o‘yinida maydonga tushdi. Portugaliyalik futbolchi bir marta muvaffaqiyatli uzatmani amalga oshirdi, asosan yarim himoyachi vazifasini bajardi.

“Al-Hilol”ning hujumida Neymar – Malkom – Mitrovich triosi ustunlik qilmoqda. "PSJ"ning sobiq futbolchisi uch turda ikkita golli uzatma berishga muvaffaq bo‘ldi. Yomon emas, lekin hali gol yo‘q. “Zenit”dan Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tgan Malkom liganing eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi. U allaqachon to‘qqizta o‘yinda oltita gol urgan va uchta golli uzatmani amalga oshirgan. Malkom gol+pas tizimi bo‘yicha to‘purarlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinda. Aleksandr Mitrovich ham ortda qolmadi: yetti o‘yinda oltita gol va ikkita golli uzatma. Umuman olganda, hujum 100% ishlamoqda, bu esa “Al-Hilol”ga yetakchilik qilish imkonini beradi.

"Al-Ahli"

Saudiyaning yana bir mashhur klubi, 2023 yilning yozida yulduzlar bilan to‘lib-toshdi. "Chelsi"dan transfer qilingan darvozabon Eduard Mendi 1-turdan beri doimiy ravishda asosiy tarkibda maydonga tushdi. "Yuventus"ning sobiq himoyachisi Merix Demiral to‘rtta uchrashuvda ishtirok etdi. Yarim himoyada Gabriyel Veyga va Frank Kessie o‘ynaydi. Ispaniyalik futbolchi beshta o‘yinda hech qanday foydali harakatlar ko‘rsatmadi, ammo ivuarlik o‘zini yaxshi his qilmoqda. Kessiye allaqachon to‘rtta gol urgan.

“Al-Ahli”ning hujumi yulduzlarga boy. Riyod Mahrez “Manchester Siti”dan Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tdi va to‘qqizta o‘yinda 6 (3+3) ochko to‘pladi. Ajoyib driblingchi Allan Sen-Maksimin o‘z texnikasini Yaqin Sharqda namoyish etadi. Fransiyalik futbolchi ham ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. “Liverpul”ning sobiq hujumchisi Roberto Firmino esa sakkiz uchrashuvda uch marta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Al-Ittihod"

Aynan Al-Ittihod 2023 yilning yozida yulduzlarning katta oqimiga turtki berdi. Karim Benzema iyun oyida transfer oynasi ochilgandan keyin Saudiya Arabistoniga kelgan birinchi top futbolchi bo‘ldi. Hozircha amaldagi “Oltin to‘p” sohibi kutilgandek o‘yin ko‘rsata olmadi. Fransiyalik futbolchi chempionatda yettita o‘yin o‘tkazib, uchta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Benzema jarohati tufayli ikkita o‘yinni o‘tkazib yubordi.

"Al-Ittihod"ning yana ikki yulduzi Fabinyo va Ngolo Kante. To‘qqiz uchrashuvda braziliyalik biror marta ham gol ura olmagan. Lekin Fabinyoga bu kerak emas, uning vazifasi to‘pni raqibdan olib qo‘yish. Ammo Kante to‘qqizta uchrashuvda allaqachon 3 (1+2) samarali ochko to‘plagan.

"An-Nasr"

Krishtianu Ronaldu aynan "An-Nasr"ga 2022 yilning dekabr oyida kelgan edi. Ammo hozir jamoada ajoyib futbolchilar to‘plangan. Masalan, ispaniyalik Aymerik Laport va braziliyalik Aleks Telles himoyada o‘ynaydi. Yarim himoya hatto Yevropaning top-ligalari standartlari bo‘yicha ham kuchli. 2023 yilgi Chempionlar ligasi finalchisi va 2022 yilgi Jahon chempionati bronza sovrindori Marselo Brozovich sakkizta o‘yinda bittadan golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, “An-Nasr”da Otavio, Anderson Taliska (beshta o‘yin, beshta gol va ikkita golli uzatma) va Seko Fofana o‘ynamoqda.

Krishtianu Ronaldu hujumda hukmronlik qilmoqda. Afsonaviy portugaliyalik sakkiz uchrashuvda 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining eng yaxshi to‘purari va gol+pas tizimi bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Uning asosiy sherigi Sadio Mane. Senegallik biroz kamtarroq: to‘qqizta uchrashuvda oltita gol va ikkita golli uzatma. Lekin bu ham yomon emas, chunki bu to‘purarlar ro‘yxatidagi to‘rtinchi va "gol+pas" tizimida oltinchi natija.

“An-Nasr” yetakchi “Al-Hilol”ga yaqin joylashgan. Ronaldu jamoasi hisobida 19 ochko bor va "Al Ahli" va "Al Ittihod" bilan birga 3-o‘rinda bormoqda. Krishtianu ketma-ket ikkinchi mavsum chempionlik oltinisiz qolishni istamasa kerak. Ronaldu va “An-Nasr”dan mo‘’jizalar kutib qolamiz!

Kiritildi: 13:30, 15.10.2023.
O'qildi: 7007 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.