Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Krishtianu Ronaldu o‘z to‘yiga Konor Makgregor va Xabib Nurmagomedovni taklif etdi

Krishtianu Ronaldu o‘z to‘yiga Konor Makgregor va Xabib Nurmagomedovni taklif etdi

Baho:
+ | -

«An-Nasr» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Jorjina Rodriges bilan bo‘lib o‘tadigan to‘yiga UFC'ning sobiq chempionlari Konor Makgregor va Xabib Nurmagomedovni taklif qildi. Bu haqda MMA Weekly nashri xabar bermoqda.

Ronaldu va Jorjina Rodriges kelgusi dam olish kunlari Madeyrada to‘y o‘tkazishi haqida yakshanba, 2 avgust kuni ma’lum bo‘lgan edi.

Taklif etilgan mehmonlar ro‘yxatida, shuningdek, musiqachilar Dreyk, Rianna va Jennifer Lopes, bloger IShowSpeed, teleboshlovchi Pirs Morgan va boshqa ko‘plab mashhurlar bor.

Ronaldu va Jordjina Funshal soborida nikohdan o‘tadilar, shundan so‘ng to‘yni besh yulduzli mehmonxonada nishonlaydilar. Mehmonxona mijozlari juma va shanba kunlari ikki qavat, shuningdek, bir nechta bar hududlari yopilishi haqida ogohlantirilgan.

Funshal — Ronalduning tug‘ilgan shahri va vatani hisoblanadi. Portugaliyalik futbolchi modelga 2025 yilda turmush qurish taklifini bildirgan edi. Ronaldu va Jorjina 2016 yildan beri munosabatda.

Kiritildi: 09:06, 04.08.2026.
O'qildi: 1179 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик