Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Yahudiylarni qirg‘in qilishga chorlagan jazoirlik futbolchi uzr so‘radi

Yahudiylarni qirg‘in qilishga chorlagan jazoirlik futbolchi uzr so‘radi

Baho:
+ | -

"Nissa" va Jazoir terma jamoasining o‘ng qanot himoyachisi Yusuf Attal Falastinni qo‘llab-quvvatlab, yahudiylarni genosid qilishga chaqirdi.

Kecha, 14-oktyabr kuni u videoni e’lon qildi, unda futbolchi musulmonlarni “yahudiylar uchun qora kun" tashqil qilishga chaqirdi. Tez orada jazoirlik futbolchi ushbu postni o‘chirib tashladi.

Klub o‘z futbolchisining pozisiyasiga hozircha izoh bermadi, biroq Nissa meri Kristian Estrosi futbolchidan uzr so‘rashini talab qilmoqda: “XAMASning hatti-harakatlarini oqlagan Yusuf Attal uzr so‘rashini va uning harakatlarini qoralashini kutaman. Aks holda unga klubimizdan joy qolmaydi" - dedi Nissa meri.

Estrosining ultimatumidan so‘ng, 27 yoshli "Nissa" himoyachisi Instagramdagi posti uchun uzr so‘radi: "Mening postim ko‘pchilikni hayratda qoldirganini tushunaman. Bu mening niyatim emas edi, shuning uchun kechirim so‘rayman.

Men o‘z pozisiyamni mutlaqo ochiq aytmoqchiman: men dunyoning istalgan nuqtasida zo‘ravonlikning barcha ko‘rinishlarini qat’iy qoralayman va barcha qurbonlar bilan birgaman. Men hech qachon nafratga chaqiruvlarni qo‘llab-quvvatlamayman. Tinchlik – bu ideal, men bunga qat’iy ishonaman" -, deb yozgan Attal.

Kiritildi: 21:59, 15.10.2023.
O'qildi: 3883 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик