Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

"Real" Benzema uchun xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirmoqda

"Real" Benzema uchun xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Baho:
+ | -

"Real Madrid" Karim Benzema bilan xayrlashuv o‘yinini tashkil qilishi mumkin.

Benzema shu yozda "Real"ni tark etib, "Al-Ittihod"ga o‘tdi. Fransiyalik hujumchi 14 yilini Madrid klubida o‘tkazdi.

Marca nashri xabariga ko‘ra, "Real Madrid" Benzemani hurmat qilishi yuzasidan "Santyago Bernabeu"da "Al-Ittihod"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, forvard "Real"dagi sobiq hamkorlari va klub rahbariyati bilan iliq munosabatda bo‘lgan. Shu bilan birga, Benzemaning kelajakda Yevropa futboliga qaytish niyati yo‘q.

Benzema "Real Madrid"dagi faoliyati davomida 25 ta sovrin, jumladan, 5 ta Chempionlar Ligasi kubogini qo‘lga kiritgan. 2022 yilda Benzema "Oltin to‘p"ni oldi.

Fransiyalik futbolchi "Qirollik klubi" safida 353 ta gol urdi va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Krishtianu Ronaldudan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 22:23, 15.10.2023.
O'qildi: 3148 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик