Ispaniya terma jamoasi qanot himoyachisi Dani Karvaxal Yevropa chempionati-2024 saralash bosqichi doirasidagi Norvegiya terma jamoasi ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi. "Qizil furiya" 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
“Himoyada ixcham o‘ynashga harakat qildik. Erling Xolandga to‘pni bemalol qabul qilmaslikka harakat qildik. A’lo darajada o‘ynagan markaziy himoyachilarimizni alohida ta’kidlash kerak", - dedi futbolchi.
Kechagi muvaffaqiyat evaziga Ispaniya terma jamoasi 2024 yilgi Yevropa chempionati yo‘llanmasini kafolatladi. Saralash yakunlanishiga ikki tur qolganida “qizil furiya” o‘z guruhida 15 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.