Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Retkliff kelsa, ten Xag ketadimi?

Retkliff kelsa, ten Xag ketadimi?

Baho:
+ | -

Jim Retkliff "Manchester Yunayted" bosh murabbiyini o‘zgartirish niyatida emas.

Avvalroq Ineos kimyo kompaniyasi rahbari "Manchester Yunayted"ning 25 foiz ulushini 1,3 milliard funt sterlingga sotib olishga yaqin turgani ma’lum bo‘lgandi - bu britaniyalik milliarderning klubni to‘liq qo‘lga kiritish yo‘lidagi birinchi qadami bo‘lishi kutilmoqda.

ESPN xabariga ko‘ra, Erik ten Xag Retkliff kelganidan keyin ham "Manchester Yunayted"da qoladi. Biznesmen klubning sport qarorlariga ta’sir o‘tkazishga intiladi, ammo murabbiyni almashtirish uning rejalariga kirmaydi.

Qayd etilishicha, Retkliff va uning kompaniyasi Ineos tomonidan "Manchester Yunayted" aksiyalarining bir qismini sotib olish borasida klub boshqaruvining payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishida nihoyat kelishib olish mumkin.

Kiritildi: 19:48, 16.10.2023.
O'qildi: 2279 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик