Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Mirjalol Qosimov: Tatimagan yubiley o‘yin

Mirjalol Qosimov: Tatimagan yubiley o‘yin

Baho:
+ | -

Mirjalol Qosimov murabbiy rolida OCHLda 50-o‘yinini qarshi oldi, biroq yubiley unga tatimadi.

Gap OKMKning Olmaliqda Iroqning «Al-Quva Al-Javiya» klubiga 1:2 hisobida yutqazganida ham emas. Shunchaki, uning shogirdlari o‘yinni o‘ta sust boshlashdi, aksariyat holatlarda tushunarsiz harakatlanishdi. Uchrashuvdan so‘ng Mirjalol Qo‘shoqovichning o‘zi ham hech narsaga tushunmagani, faoliyatida ilk marta shunday ishtiyoqsiz futbolga ro‘baro‘ kelganini ta’kidladi. Lekin quyidagi statistika OKMK mag‘lubiyati emas, balki O‘zbekiston klublarini OCHLda maydonga boshlab tushgan murabbiylar haqida (manba - cham-pionat.asia). Zero, murabbiylar ko‘rsatkichi bo‘yicha aynan Mirjalol Qosimov oldinda.

Mana, OCHL-2023/2024da guruh bosqichining dastlabki 2ta turi ortda qoldi. Hozirda Osiyo klublari bosh turnirida mamlakatimiz jamoa­lari bosh murabbiyi rolida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan mutaxassis - bu Mirjalol Qosimov. OKMK - «Al-Quva Al-Javiya» qarama-qarshiligi vaqtida «Bunyodkor»ni ham qit’aning eng nufuzli musobaqasida maydonga boshlab tushgan Qosimov uchun yubiley - 50-o‘yin bo‘ldi. Futbolimiz afsonasi shuncha o‘yinda 20ta g‘alabani ta’minlagan va uning jamoalari 65ta gol urgan. «Nasaf» shu kunga qadar OCHLda jami 38ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, ularning barchasi Ro‘ziqul Berdiyevga tegishli. O‘yinlar soni bo‘yicha reytingning keyingi o‘rnida marhum Viktor Jalilov bor - 26ta. Ma’lumot uchun, taniqli mutaxassis OCHLda «Paxtakor» va «Mash’al»ni bosh murabbiy sifatida maydonga boshlab tushgan.

4-5-o‘rinlar «Lokomotiv»ning sobiq ustozi Andrey Miklyayev va «Neftchi» afsonasi Yuriy Sarkisyanga tegishli - 22tadan o‘yin. «Bunyodkor»da 3 mavsum ishlagan Sergey Lushan bu orada «qaldirg‘ochlar» bilan OCHLning 21ta o‘yinini ko‘rgan. «Navbahor» bilan OCHLdagi dastlabki g‘alabasini tantana qilgan Samvel Babayan jami o‘yinlar soni bo‘yicha «Lokomotiv»ning sobiq ustozi Vadim Abramovdan o‘zib ketdi yaqinda. Endi Samvel Vyacheslavovichda 9ta o‘yin bor, Vadim Karlenovich esa «temiryo‘lchilar»ga 8ta bahs­da boshchilik qilgan. Maksim Shaskixning OCHLdagi debyuti esa o‘ta omadsiz chiqdi - «Paxtakor» boshqaruvidagi dastlabki 2ta o‘yinda 2ta mag‘lubiyat (gollar nisbati - 0:5).

O‘zbekiston klublarini OCHL­da boshqargan xorijlik murabbiylar orasida esa gruziyalik Shota Arveladze peshqadam - 15ta o‘yin. Katta ehtimolki, bu yil Ro‘ziqul Berdiyev turnirdagi 40-o‘yinini nishonlaydi, Samvel Babayan esa keyingi turda 10ta o‘yin marrasiga yetadi.

O‘zbekiston klublarini OCHLda boshQargan murabbiylarning umumiy statistikasi

    Murabbiylar                 O‘           G‘         D         M          T-N       O

 1. Mirjalol Qosimov         50        20        15        15        65-62    75

2. Ro‘ziqul Berdiyev             38        13        9          16        41-49    48

3. Viktor Jalilov              26        15        4          7          42-34       49

4. Andrey Miklyayev              22        6          9          7          28-26      27

   Yuriy Sarkisyan                 22        8          1          13        26-38    25

6. Sergey Lushan                  21        3          5          13        16-31       14

7. Ravshan Haydarov                        17        6          4          7          24-26       22

8. Shota Arveladze              15        8          3          4          20-15     27

9. Tachmurad Agamurodov    14        6          3          5          17-12       21

10. Samvel Babayan              9          3          4          2          11-9        13

    Luiz Felipe Skolari     9          4          1          4          14-15       13

12. Vadim Abramov              8          2          1          5          14-15        7

13. Amet Memet                                7          3          2          2          6-9          11

    Andrey Fyodorov              7          2          1          4          10-12        7

15. Valeriy Nepomnyashiy   6          3          1          2          11-7         10

    No‘’mon Hasanov              6          3          1          2          10-9         10

    Miodrag Radulovich        6          3          0          3          8-10         9

    Piter Xyuistra                 6          1          4          1          6-8           7

    Murod Ismoilov             6          2          1          3          6-9           7

    Deyan Jurjevich                6          2          1          3          6-10         7

    Slavche Voyneski             6          2          0          4          10-15        6

22. Aleksandr Volkov         5          2          0          3          5-8           6

23. Ziko                                             2          1          0          1          1-3           3

     Hakim Fuzaylov              2          0          0          2          3-6           0

     Maksim Shaskix              2          0          0          2          0-5            0

Sergey KNYAZEV, maxsus muxbir

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:21, 16.10.2023.
O'qildi: 1946 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.