Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Xitoy - O‘zbekiston o‘yiniga doir faktlar

Xitoy - O‘zbekiston o‘yiniga doir faktlar

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasi kecha Xitoyga qarshi maydonga tushib, irodali g‘alabaga erishdi. "Futbolium" kanali mazkur o‘yinga doir ma’lumotlarni e’lon qildi.

Terma jamoamiz so‘nggi 3 yil ichida ilk marta safardagi o‘yinda g‘alaba qozondi. O‘zbekiston so‘nggi marta 2020 yilning 12 oktyabr kuni BAA ustidan mehmonda 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi.

Shundan keyin milliy jamoamiz Saudiya Arabistoni (0:3), Shvesiya (1:2), Iordaniya (0:3), Gruziya (0:1) va AQSH (0:3)ga qarshi safardagi o‘yinlarda yutqazgandi.

— Kechagi bahs Xitoyga qarshi 14-o‘yin bo‘ldi. Terma jamoamiz eng ko‘p uchrashuvlarni BAA (15) va Janubiy Koreya (16) termalariga qarshi o‘tkazgan. Iordaniya va Qatarga qarshi esa 14 martadan maydonga tushganmiz.

— O‘zbekiston Xitoy ustidan sakkizinchi marta g‘alabaga erishdi. Bizdan eng ko‘p marta yutqazgan terma jamoa esa Qatar hisoblanadi — 9 marta. Turmaniston esa 8 marta mag‘lub etilgan (9 o‘yinda).

— Kelasi oyda esa aynan Turkmanistonga qarshi mehmonda o‘yin kutib turibdi. Terma jamoamiz 16 noyabr kuni JCH-2026 saralash bosqichidagi ilk uchrashuvini Ashxobodda turkmanlarga qarshi o‘tkazadi.

Manba: Футболиум
Kiritildi: 10:36, 17.10.2023.
O'qildi: 3171 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик