«An-Nasr»ning 38 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z terma jamoasiga 2024 yilgi Yevropa chempionatiga chiqishga yordam berdi va 2023 yilda eng yaxshi to‘purarga aylandi.
Ajoyib statistika
Portugaliya terma jamoasi Ronaldu boshchiligida Evro-2024 saralash bosqichini ajoyib o‘tkazdi. 16 va 19 noyabr kunlari jamoa mos ravishda Lixtenshteyn va Islandiyaga qarshi bahs olib boradi. So‘nggi turlardan oldingi o‘yinlarga qarasak, Portugaliya Slovakiyani 3:2, Bosniya va Gersegovinani esa 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
13 oktyabr kuni portugallar Slovakiya bilan bahs olib bordi va yomg‘irli havoda muammosiz g‘alaba qozondi. Ammo Krishtianu omili muhim: 38 yoshli forvard yana o‘z iste’dodini ko‘rsatdi va xeyterlarga uni hisobdan chiqarishga hali erta ekanligini isbotladi. Sardor butun 90 daqiqani maydonda o‘tkazdi va dubl qayd etdi.
Shu bilan birga Krishtianu butun o‘yin davomida ikkita aniq zarba amalga oshirdi va ikkalasi ham golga aylandi (100%), uch marta driblingga harakat qildi va faqat bittasi muvaffaqiyatli bo‘ldi. Ushbu uchrashuvda Ronaldu 31 tadan 26 marta (84%) aniq uzatmani amalga oshirdi va raqibini ikki marta qo‘pollik qilishga majbur qildi.
16 oktyabr kuni Portugaliya Bosniya va Gersegovinaga yo‘l oldi va u yerda raqibini 5:0 hisobida taslim etib, hech qanday imkoniyat qoldirilmadi. O‘yinda yana Ronaldu dubl qildi. Ushbu bahsda 38 yoshli futbolchi 8,4 ball oldi.
O‘yin birinchi bo‘limdayoq hal etilgani uchun Krishtianu 66-daqiqada maydonni tark etdi. Bir soatdan ko‘proq vaqt ichida Krishtianu ikkita gol urdi, 23 tadan 22 ta aniq uzatma berdi va raqiblarini uch marta qo‘pollik qilishga majbur qildi.
1000 ta gol urish uchun motivasiya
Ronaldu 38 yoshda, qo‘lidan kelgan barcha g‘alabalarni qo‘lga kiritgan futbolchida motivasiya yo‘qdek tuyuladi. Biroq Krishtianu faoliyatidagi 1000-golli marraga erishishni maqsad qilgan va 2026 yilgi so‘nggi jahon chempionatida ishtirok etishni ham maqsad qilgan. Bu vaqtda Ronaldu 42 yoshga to‘ladi, lekin uning ambisiyalarini hatto yoshi ham to‘xtata olmaydi. Axir, Krishtianuning o‘zi oyoqlari ketish vaqti keldi deguncha futbol o‘ynashini ma’lum qilgandi.
Ronalduning «An-Nasr»ga o‘tishi portugaliyalikka albatta foyda keltirdi. Axir aynan u Sharqqa yo‘l ochgan va uning transferidan keyingina Saudiya Arabistoni jahon futbolining deyarli barcha top o‘yinchilari: Benzema, Kante, Mane, Malkom, Neymarni o‘ziga torta olgan va bu ro‘yxat cheklanmagan. «An-Nasr» uchun muvaffaqiyatli o‘yinlardan so‘ng, Ronaldu hamon kim zo‘r degan o‘lchovni o‘z foydasiga og‘dirdi va barchasi futbolchining o‘yinlari va sa’y-harakatlari tufaylidir. Uning Saudiya Arabistonidagi o‘yinlari hurmatga loyiq, chunki aynan portugal JCH-2030da Saudiya Arabistonining elchisi bo‘ladi, deyish mumkin.
Ronalduning nufuzli nashrlarning birinchi sahifalarida turishi futbolchiga maydonda ham, maydon tashqarisida ham ishonch bag‘ishlaydi, chunki portugaliyalik o‘z izini tarixda qoldirish uchun yosh futbolchilarga o‘rnak bo‘lishi kerakligini tushunadi.
U 2023 yilda gollar soni bo‘yicha kimdan o‘zib ketdi?
Balki Ronaldu endi «mashina» emasdir, ammo Krishtianuning mehnatsevarligi va matonati o‘z ishini ko‘rsatdi. Hujumchi bu yil Erling Xoland va Kilian Mbappeni ortda qoldirdi. Bir kalendar yilida Ronaldu bu futbolchilar va Lionel Messidan ko‘proq gol urgan. Hech kim ushbu tipdagi o‘yinchilarni solishtirmoqchi emas, ammo statistika yolg‘on gapira olmaydi:
Ronaldu – 40 ta gol
Xoland – 39 ta gol
Messi – 38 ta gol
Mbappe - 29 ta gol.