Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Murabbiy: «Gyulerning salohiyati Messinikidan yuqori»

Murabbiy: «Gyulerning salohiyati Messinikidan yuqori»

Baho:
+ | -

"Real" yarim himoyachisi Arda Gyulerning bolalikdagi murabbiyi Erol Tokgyozler o‘z shogirdi haqida fikr bildirib o‘tdi.

«Ardaning kumiri Aleks de Souza edi. Shuning uchun u hamisha 10-raqamda o‘ynashni istardi. U futbol haqida sutkasiga 24 soat, haftasiga 7 kun o‘ylaydi.

U maktabda o‘qiayotganida — 13 yosh paytida Arda bilan tanishganman. U «Genchlerbirligi»ga kelgan paytda uning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va murabbiyi bo‘lganman. Gyuler bilan avvalroq ishlagan hamkasblarimdan biri menga uning noyob iqtidor egasi ekanini aytgandi. Ardaning salohiyati Messinikidan yuqori.

Biz ilk marta ko‘rishganimizda uning bo‘yi 155 sm.dan past edi, ammo yuqori texnikaga ega edi. U to‘p bilan oyoqda istalgan ishni qila oladi. Uning noyob iqtidori sezilib turardi. Bu yoshda shunday iqtidorga ega futbolchini shu paytgacha ko‘rmaganman. Arda Ispaniyada o‘yinlarda ishtirok eta boshlasa, uning texnikasiga barcha guvoh bo‘ladi.

Maydonning qaysi joyida bo‘lishidan qat’i nazar unda har bir vaziyat uchun ikki, uch, to‘rt yoki beshta turlicha rejasi bo‘lishi mumkin. U aql bilan harakat qiladi. Himoyachilar uni qanday qilib to‘xtatish mumkinligini bilishmasdi.

U o‘zi o‘ylagan barcha ishni qila oladi. Undan nima kutish mumkinligini esa oldindan aytib bo‘lmaydi. Dribling, zarbalar... Aql bovar qilmaydi», — dedi Tokgyozler.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:58, 20.10.2023.
O'qildi: 4037 marta.
Fikrlar: 79 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик