"Barselona"ning portugaliyalik sport direktori Deku jamoa yozda Neymar bilan shartnomani muhokama qilganini aytdi.
"Ushbu yozda bizda Neymarning agentlari bilan muzokaralar bo‘ldi, ammo asosan ishni Joan Laporta olib bordi, chunki u uning qaytishini xohlagandi. Neymar — fantastik futbolchi va u bizning o‘yin tizimimizga mos kelardi, biroq bizda uni qaytarish uchun hechqachon sharoit va imkoniyat bo‘lmagan. Neymar ham qaytishni juda ham xohlagandi, ammo bizda moliyaviy feyr-pleyga bog‘liq qiyin muammo bor, bundan tashqari uning maoshi ham ancha baland", - dedi funksioner.