"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Jerom Boateng haqidagi savolga javob berdi.
Myunxenliklar 35 yoshli futbolchini ortga qaytarish g‘oyasini o‘rganib chiqishdi, ammo u bilan shartnoma imzolamaslikka qaror qilishdi, bu taxminan ikki hafta oldin sodir bo‘lgandi. Shunga qaramay, erkin agent bo‘lgan himoyachi "Bavariya" ixtiyorida qolmoqda - u yangi klub izlash bilan birga o‘z formasini saqlab turibdi.
"Jerom zaxira tarkib bilan mashg‘ulot o‘tkazish taklifimizni qabul qildi. Zaxiradagilar asosiy tarkib bilan birga mashg‘ulot o‘tkazgani uchun mashg‘ulotlarimizda qatnashdi. Boatengning xulq-atvorini namunali deb atash mumkin, uning sport saviyasi ham juda yuqori", - dedi Tuxel Bayern & Germany bilan suhbatda.