Angliya terma jamoasi va Myunxenning “Bavariya” klubi markaziy hujumchisi Xarri Keyn afsonaviy futbolchi Bobbi Charltonning vafoti haqida gapirdi.
“Futbolimiz uchun qayg‘uli kun. Bobbi Charlton - Angliya tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri. Men u bilan uchrashish imkoniga ega bo‘lganimdan faxrlanaman. U ajoyib inson edi va ajoyib hayot kechirdi. Men uni sog‘inaman", - deydi Xarri.
Charlton faoliyatining ko‘p qismini "Manchester Yunayted"da o‘tkazdi.













