Kirish Ro'yxatdan o'tish

Son 110-golini urdi

Son 110-golini urdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 9-turi doirasidagi so‘nggi uchrashuvda Londonning “Tottenxem” jamoasi o‘z hamshaharlari “Fulxem”ni qabul qilib, har bo‘limda bittadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Gollardan birini klub faxriysi, koreyalik hujumchi Son Xyon Min kiritdi.

Ma’lum bo‘lishicha, koreyalik futbolchi APLdagi 110-golini urdi, bu ko‘rsatkich bo‘yicha u XXI asr boshida, asosan, "Lester" va "Liverpul" sharafini himoya qilgan Emil Xeski bilan tenglashdi. Premyer-liga tarixida bor-yo‘g‘i yigirma to‘rt nafar futbolchi undan ko‘proq gol urgan.

Angliya chempionatining navbatdagi turida "Tottenxem" "Kristal Pelas"ga qarshi o‘ynaydi, bu juma kuni sodir bo‘ladi.

Kiritildi: 05:12, 24.10.2023.
O'qildi: 704 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик