Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Alaves - Valyadolid
19/10 16:30 Tottenhem - Vest Xem
19/10 17:00 Atletik Bilbao - Espanyol
19/10 18:00 Komo - Parma
19/10 18:00 Jenoa - Bolonya
19/10 19:00 Fulhem - Aston Villa
19/10 19:00 Ipsvich - Everton
19/10 19:00 Man. Yunayted - Brentford
19/10 19:00 Nyukasl - Brayton
19/10 19:00 Sautgempton - Lester
19/10 19:15 Osasuna - Betis
19/10 21:00 Milan - Udineze
19/10 21:30 Jirona - Real Sosyedad
19/10 21:30 Bornmut - Arsenal
19/10 23:45 Yuventus - Lasio
20/10 00:00 Selta - Real Madrid

Virjil van Deyk: «Ish haqi o‘yinlar soniga bog‘liq bo‘lmasligi kerak»

Virjil van Deyk: «Ish haqi o‘yinlar soniga bog‘liq bo‘lmasligi kerak»

Baho:
+ | -

Terma jamoalar uchrashuvlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusda Virjil van Deyk uchrashuvlar taqvimini tanqid qildi....

Futbolchilarning e’tirozlariga qaramasdan, u tobora tig‘izlashib bormoqda.

Van Deyk matbuot anjumanida jurnalist bilan qizg‘in munozaraga kirishdi:

- O‘yinlar soni kun sayin oshib bormoqda. Bahs-munozaralar sababi shu. Menimcha, o‘yinchilar bu borada nimadir deyishlari va yechim topishlari kerak. Maydonga biz jangovar holatda tushishimiz shart. Muhimi, pul emas, balki uni keltiradigan salomatlik. Yechim topiladi, degan umiddaman.

Jurnalist - Taqvim tig‘izligini pasaytirish uchun maoshingizning 10 foizidan voz kechishga rozimisiz?

- Yo‘q.

- Axir u sizning salomatligingiz uchunku.

- Salomatligimni saqlash yo‘lida hech narsani ayamayman. Lekin biz jamoada ishlaymiz. Bu masalani PFA bilan hamkorlikda muhokama qilamiz. Umid qilamanki, tegishli qarorni topamiz. Lekin o‘yinlar sonining kamayishi ish haqimga ta’sir etmasligi kerak.

- Biroq klub uchrashuvlardan olgan daromadi evaziga futbolchilarni ish haqi bilan ta’minlaydi.

- Ha, siz meni muloyim javob qaytarishga majbur qilmoqchisiz, lekin ozroq maydonga kamroq tushishim maoshga ta’sir etmasligi kerak. Yangi musobaqalar paydo bo‘lmoqda. Masalan, Millatlar ligasi. Bu turnir maoshimga ta’sir etmaydi. Buning uchun biz bonuslar olamiz, ammo ular kafolatlangan emas. Ularni olish uchun natija ko‘rsatish lozim.

Mazkur suhbat navbatdagi tortishuvga sabab bo‘ldi: futbolchilar taqvim tig‘izligidan shikoyat qilishlari mumkinmi? Yoki ularga salomatliklarga ziyon yetganida ham maydonga tushganlari uchun haq berishadimi.

Shikoyatlar ko‘payib bormoqda: De Bryuyne, Varan, Reshford. Taqvim yulduzlarga yoqmayapti

Taqvim zichligidan noliyotgan faqat van Deyk emas. Yurgen Klopp va Pep Gvardiola ham norozilar, bu yil Anchelotti, Sarri, Xavi va ten Xaglar ular safiga qo‘shilishdi. Futbolchilar noroziligi tobora kuchayib bormoqda. Masalan, mavsumda klubi va terma jamoa safida 66 marta maydonga tushgan Rodri buni sog‘lom turmush tarziga zid, deb hisoblamoqda.

«Ochig‘ini aytganda, faoliyatim davomida hech qachon yetarli vaqt ichida dam olmaganman. Lekin bir oylik ta’tilda tiklanib olaman. Bu mavsumda qancha o‘ynaganimni bilmayman. Lekin rahbariyat va murabbiyga 57-59 marta boshlang‘ich tarkibda maydonga tushish va 60dan ortiq uchrashuvda maydonga tushish normal holat emasligini ayt­ganman. Agar bu tig‘izlik bitta mavsumda yuz bersa, xafa bo‘lishning hojati yo‘q. Biroq u 2 yoki 3 mavsum davom etsa, sport formasiga putur yetadi. Suhbat chog‘ida bu uzoqqa cho‘zilmasligini muhokama qildik. Ikkinchi tomondan, o‘tgan yili biz barcha sovrinlar uchun kurashishimizni sezgandim. Shu sababli doimo yuksak sport formasida bo‘ldim. Ancha yosh bo‘lganim uchun bunga erisha oldim. Lekin 30 yoki 31 yoshda bunday taqvimda o‘ynash qiyin. Mavsumlar yil sayin uzayib bormoqda. Shu bois, vaziyatga moslashishga to‘g‘ri kelmoqda».

Virjilning jamoadoshi va qadrdon do‘sti bo‘lgan Kevin de Bryuyne ham o‘ta zich joylashgan o‘yinlar taqvimidan norozi. Yozda e’lon qilingan uzun  qo‘shimcha vaqt qoidasi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Angliya Superkubogi uchun kechgan bahsdan keyin Kevin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: «Biz 12 -13 daqiqali qo‘shimcha vaqtda to‘p surdik. Buni «Arsenal» futbolchilari va hakamlar bilan muhokama qildik - u hech kimga yoqmadi. Kelasi haftada UYEFA Superkubogi uchun kuch sinashib, keyin «Nyukasl»ga qarshi 15-20 qo‘shimcha daqiqalarda to‘p surishimizga to‘g‘ri keladi. Uni qo‘shimcha taym desa ham bo‘laveradi. Endi bir tasavvur qiling: Agar biz vaqtni cho‘zishga odatlangan jamoaga qarshi maydonga tushsak, nima bo‘ladi? Qo‘shimcha vaqtlar 20-25 daqiqaga yetishi mumkin. Bu qandaydir bema’nilik. Nazarimda, 1-2 oydan keyin munosabat o‘zgaradi».

Joriy mavsumda jarohat tufayli maydonga tusha olmayotgan Rafael Varan futbolchilar arzini eshitadigan kishi yo‘qligidan noligandi: «FAda bo‘lgan uchrashuvda bizga hakamlik qarorlari va qoidalarini tushuntirishdi. Futbolchilar va murabbiylar esa hamdardlik bildirishdi. Bir necha yildan beri taqvimning zichligi haqida gapiramiz. U futbolchilar uchun tobora jiddiy xavf,xatarga aylanib bormoqda. Avvalgi barcha shikoyatlarimizdan keyin, yangi mavsumda nimaga erishdik: o‘yinlar yanada uzoqroq va shiddatli o‘ta boshladi, o‘yinchilarga his,tuyg‘ularini oshkor etish taqiqlandi. Biz faqat klubimiz va muxlislar uchun o‘yinga 100 foiz tayyor bo‘lishni istaymiz. Nega bizni hech kim nazar,pisand qilmaydi?»

Markus Reshford esa bahordayoq o‘z e’tirozini bayon etgandi: «Biz ko‘proq tanaffusga muhtoj ekanligimiz aniq. Noyabrdan boshlab haftada 3tadan o‘yin o‘tkazganimiz telbalikdan o‘zga narsa emas. Oxir-oqibat, YELni barvaqt tark etdik. Biz ko‘nikib qolgan bo‘lsakda, vaziyat juda og‘ir. Men baribir, tig‘iz taqvimga qarshiman. Qaysidir jamoa mavsumda 60ta o‘yin o‘tkazganda, boshqasi 38 marta maydonga tushadi. 20dan ortiq qo‘shimcha bellashuvlarga kuch to‘plash uchun qandaydir tanaffuslar ham bo‘lishi lozim. O‘yinlar oralig‘ida o‘zimizni o‘nglab olishimiz uchun bizga vaqt bering».

Yuqorida zikr etilgan noroziliklar APL vakillarining bir qismi, xolos. Boshqa ligalarda ham e’tirozlar yetarli. Faqat Bundesligada to‘la qonli qishki tanaffus joriy etilgan. Futbolchilardagi xavotir va bezovtalikni tushunish qiyin emas. Qatardagi qishki mundialdan keyin ularni qishki Afrika Kubogi kutib turibdi. Yangi mavsumda esa uchrashuvlar soni ko‘paygan YECHL, klublar o‘rtasidagi JCH va ML bahslari bo‘lib o‘tadi.

O‘tgan yili Kevin de Bryuyneni qo‘llab-quvvatlagan Garet Beyl jumladan, shunday degandi: «Kevin bir mavsumda 79 marta maydonga tushishiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu normal holat emas». UYEFAning yangi turnirlari va islohotlari tufayli o‘yinlar soni yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin. Darvoqe, Gvardiola futbolchilar va ularning kasaba uyushmasiga qarshi namoyish tashkil qilishni tavsiya etdi - «Siti» murabbiyi tig‘izlikni shu tariqa bartaraf etish mumkin, deb hisoblamoqda. U holda Shimoliy Amerika ligalaridagi kabi lokautga o‘xshash hodisa yuz beradi. Bu chora naf berarmikin?

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:33, 24.10.2023.
O'qildi: 1396 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.