Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

"Arsenal"da darvozabonlar arosati: yangi mavsumda Rayya va Ramsdeylning natijalari qanday?

"Arsenal"da darvozabonlar arosati: yangi mavsumda Rayya va Ramsdeylning natijalari qanday?

Baho:
+ | -

Ayni damda "Arsenal" ixtiyorida ikkita sifatli darvozabon bor. Ulardan biri David Rayya bo‘lsa, boshqasi bizlarga yaxshi tanish bo‘lgan Aron Ramzdeyldir. Xo‘sh, ular 2023/24 yilgi mavsumda qanday natija qayd etmoqda?

Ramsdeyl 2021 yilda olib kelingach, Bernd Lenodan asosiy postni tortib olgandi. Angliya terma jamoasi a’zosi o‘tgan mavsumda o‘zining eng yaxshi davrini o‘tkazib, ligada 14 ta quruq o‘yinda ishtirok etdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 2023 yilning yozida Arteta yangi golkiper olib kelishga qaror qildi. Rayya "Brentford"dan 27 million funtga sotib olish sharti bilan ijaraga olindi.

"Arsenal" ustozi darvozabon o‘rni ham kafolatlanmaganini ta’kidlab, uni istalgan vaqtda almashtirishini bildirdi. Bu almashtirish kim yaxshiroq sport formasida ekaniga bog‘liq bo‘ladigan bo‘ldi.
"Menimcha, bu yaxshi g‘oya. Men har bir pozisiyani qanchalik bo‘lishi kerakligi haqida o‘yladim. Sifat doimo muhim. Hozir o‘zimiz istagan futbolchilarga egamiz. Hammani o‘yin amaliyoti bilan ta’minlay olamiz. Negaki, oldinda ko‘plab bahslar bor. Har bir pozisiyada rotasiyani amalga oshiramiz. Shunday qilmasak bo‘lmaydi", – deydi Arteta.

Ramsdeyl mavsum avvalida asosiy tarkibda edi. Ammo sentyabr oxiridan beri faqat Rayya maydonga tushmoqda. Ingliz darvozaboni zaxirada o‘tirar ekan, uning kelajagi bilan bog‘liq mish-mishlar urchimoqda. Ko‘plab futbol mutaxassislari ikkita bir xil darvozabonga ega bo‘lish haqida fikr bildirib, kimlardir bu g‘oyani qo‘llab-quvvatladi. Kimlardir esa, yo‘q. Shunday bir vaziyatda har ikki posbonning joriy mavsumdagi natijasiga ko‘z yugurtirmoqchimiz. Quyida shu haqida.

"Arsenal" Ramsdeyl bilan

O‘yinlar: 6 ta
G‘alabalar: 4 ta
Duranglar: 2 ta
Mag‘lubiyat: 0 ta
Quruq o‘yinlar: 2 ta
O‘tkazib yuborilgan gollar: 5 ta
O‘rtacha: 2.33 ochko

"Arsenal" David Rayya bilan

O‘yinlar: 8 ta
G‘alabalar: 5 ta
Duranglar: 2 ta
Mag‘lubiyat: 1 ta
Quruq o‘yinlar: 4 ta
O‘tkazib yuborilgan gollar: 7 ta
O‘rtacha: 2.13 ochko.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 19:36, 25.10.2023.
O'qildi: 1016 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик