Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Yorqin Nazarov: «Qaysidir jamoadan qo‘rqsak, Superligada ishtirok etishning nima keragi bor?»

Yorqin Nazarov: «Qaysidir jamoadan qo‘rqsak, Superligada ishtirok etishning nima keragi bor?»

Baho:
+ | -

Superliga 23-turidan o‘rin olgan «Turon» – «So‘g‘diyona» (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bu hal qiluvchi bahs edi. Yigitlarga «So‘g‘diyona»dan 3 ochko olmasak, qiyin bo‘lishini ta’kidlagan edim. Yigitlar 90-95 foiz ko‘rsatmalarimni bajarishdi. Jizzaxliklar safida har bir pozisiyada yosh, tajribali, legioner futbolchilar bor. «Qizilqum» – «Olimpik» bahsida durang qayd etildi va jadvalning quyi qismiga intriga qaytdi.

«So‘g‘diyona»ning o‘yin uslubi o‘zgargan, ammo futbolchilarning darajasini yaxshi bilaman. 3-4 pozisiyada boshlang‘ich tarkibga qaysi futbolchini qo‘yish borasida bosh qotirgan edik, to‘g‘ri tanlabmiz.

Tarkibda yo‘qotishlar mavjud. Humoyun ertadan mashg‘ulotlarga qo‘shiladi. Shohmalik esa tiklanmoqda. Yosh futbolchilarimiz tajriba orttirib, ishonchliroq harakat qilishmoqda. Jarohatlanganlarning o‘rnini U21 va U19 jamoalari tarkibidan to‘ldiryapmiz. Masalan, bugun yaypanlik yosh iqtidor Mirazizga imkoniyat berdik. Ular bizni uyaltirib qo‘yishmayapti.

Navbatdagi turda OKMK bilan kuch sinashamiz. Olmaliqliklarning OCHLdagi ishtiroklarini kuzatib kelmoqdamiz. Ammo, ulardan qo‘rqadigan jihatimiz yo‘q, bo‘lmasa, Superligada ishtirok etishning nima keragi bor. Raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar g‘alaba uchun o‘ynaymiz.

«So‘g‘diyona» biz pressing qilganimizda, biror marta to‘pni shunchaki tepib yubormadi. Balki, faqatgina uzatmalar orqali vaziyatdan chiqishga intilishdi. Biz esa bundan foydalanishga intildik va buni futbolchilarga ta’kidlagan edim. Rahimjon uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga loyiq, ammo barcha futbolchilar bugun yaxshi harakat qilishdi”, – dedi Nazarov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:00, 26.10.2023.
O'qildi: 1138 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик