Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ishsiz qolgan chempion

Ishsiz qolgan chempion

Baho:
+ | -

Ugo Lyoris «Tottenxem» bilan 11 yil hamkorlik qildi. Bu davrni shunchaki, jamoa a’zosi emas, balki asosiy darvozabon maqomida o‘tkazdi va juda ko‘p uchrashuvlarda «taqachilar» sharafini munosib himoya qildi. Ugo aynan londonliklar safidan Fransiya terma jamoasiga taklif etilib, jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.

2015 yilda sardorlik bog‘ichiga loyiq topilgan posbon o‘z jamoadoshlariga ochiq-oydin ko‘rsatmalar berardi. Masalan, Mourinyo davridagi omadsizlik seriyasi u shunday degandi: «Izzattalablik xususida kamera qarshisida va’z aytish bilan uni har kuni, har bir mashg‘ulot paytida namoyish etish o‘rtasida ulkan farq bor. Murabbiy qanday qaror qabul qilishidan qat’iy nazar, futbolchi bo‘shashmasligi, jangovar ruhiyatni yo‘qotmasligi lozim. Futbolchining faqat boshlang‘ich tarkibda maydonga tushganida bor kuch-mahorati va e’tiborini o‘yinga qaratishi - jamoa uchun katta muammo. Bugun biz uning oqibatiga guvoh bo‘ldik». 2021 yilning martidagi e’tirof «Tottenxem»ning boshqa o‘yinchilariga begona bo‘lgan yuksak obro‘ga ega ekanligini isbotlaydi. Ke­yin keskin o‘zgarishlar yuz berdi.

O‘tgan mavsumning so‘nggi bosqichida Lyorisning ketishi asosiy mavzuga aylandi. Aprelda u mish-mishlar maqomida bo‘ldi, may oyida qit’aning yetakchi nashrlari (jumladan, ingliz va fransuz matbuoti) darvozabon klubni tark etishini ma’lum qilishdi. Mavsum nihoyasiga yetgach, 3 iyunda Lyoris «Tottenxem»dan ketishini e’lon qildi. Shundan keyin darvozabon jamoaning Avstraliya va Singapurdagi yig‘inlariga bormadi. Vaholanki, uning shartnomasi kuchini yo‘qotmagan, yangi bosh murabbiy Angelos Postekoglu yig‘inga borish yoki bormaslikni tanlashni faxriyning o‘ziga bergandi. Darvozabon yangi jamoani topish niyatida safardan voz kechdi. «Bu qaroridan keyin uni nafaqat mohir darvozabon, balki ajoyib inson sifatida hurmat qilaman», - dedi murabbiy.

Yozda Lyorisga xaridorlar ko‘p bo‘ldi. Ugo «Lasio» va Saudiya klublarining takliflarini rad etdi. Keyin «Inter» va «PSJ» bilan muzokaralar haqida xabarlar paydo bo‘ldi, lekin samara bo‘lmadi. Darcha yopilishi arafasida «Nyukasl» va «Nissa» variantlari qolgandi. APL vakili tarkibida Lyorisni Nik Poup bilan jiddiy raqobatga duch keladi. Liga1 vakili esa Ugoning qadrdon jamoasi, tug‘ilib-o‘sgan va professional futbolga qadam qo‘ygan shahar jamoasi. Iyun oyida buni futbolchining o‘zi ham e’tirof etgandi. Transfer mavsumining so‘nggi kunida Kasper Shmeyxel «Nissa»ni tark etgach, «Tottenxem» esa ko‘p yillik sardorini tekinga qo‘yib yuborishga tayyor ekanligini bildirgach, Ugo nima uchun ko‘plab takliflarni rad etganligi oydinlashgandek bo‘ldi. Biroq kelishuv amalga oshmadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, buning sababi oxirgi kunda kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishga ulgurishmaganida emas, tomonlar kelisha olmaganliklarida ekan. yakunda ko‘pchilik bilan xayrlashishga ulgurgan posbon Londonda qoldi.

Shu tariqa «Tottenxem» o‘zining dastlabki rejasiga, ya’ni, Lyoris jamoada qolib, o‘z tajribasini yangi kasbdoshi Gulyelmo Vikario bilan o‘rtoqlashishiga erishadigandek tuyuldi. Biroq fransiyalik posbon bu va boshqa variantlarga ham rozi bo‘lmadi. Zaxira darvozaboni vazifasida boshqa faxriy - Freyzer Foster qoldi.

Hozir Lyoris haftasiga 100 000 funt maosh olmoqda, shartnoma muddati esa 2024 yil yozida nihoyasiga yetadi. Shu davrga qadar klub ko‘chada yurgan Ugoga 4,2 mln. funt to‘laydi. Darhaqiqat, mantiqqa mos kelmaydigan holat.

Nima uchun darvozabon barcha variantlarni rad etdi?

Angliya OAV ma’lumotlaridan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, bir nechta sabablar ayon bo‘ladi. Birinchidan, Ugodagi darvozabonlik obro‘si va manmanlik zaxira darvozaboni bo‘lishiga izn bermadi. Ikkinchidan, Lyorisning 3 nafar qizaloqlari Londonda o‘qishadi, boshqa shaharga ketish oilaga sezilarli qiyinchilik tug‘diradi. Uchinchidan, darvozabon yaqinda 37ga chiqadi. Terma jamoani JCH-2022 turniridan keyin tark etgan. Ehtimol, u o‘zi uchun hammasini hal qilgandir.

Aprelda «Nyukasl» «Tottenxem»ni 6:1 hisobida tor-mor etgandi. O‘sha o‘yinda Ugo maydonni tanaffusda tark etganida, hisob 5:0ga yetgan, o‘sha gollarni raqib o‘yinchilari dastlabki 21 daqiqada urishgandi. «Tottenxem» darvozabonning mushaklari tortishib qolganligini tasdiqladi. O‘sha uchrashuvdan keyin Lyoris londonliklar klubiga kerak bo‘lmay qolganligini tushunib yetdi. Jumboq boshqa tomonda: bu Lyorisning professional futboldagi oxirgi o‘yinimi?

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:48, 26.10.2023.
O'qildi: 2003 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.