Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Qadrdon klubiga qaytgan afsonalar: Ronaldu «MYU»ga, Anri «Arsenal»ga...

Qadrdon klubiga qaytgan afsonalar: Ronaldu «MYU»ga, Anri «Arsenal»ga...

Baho:
+-1 | -

Futbol tarixida mashhur futbolchilarning eski klubiga qaytishi ko‘p uchrab turadi. Bu normal hodisa. Ammo, ayrim shunday voqealar muxlislar tomonidan boshqacha qabul qilingan. Nima bo‘lgan taqdirda ham klub faxrining jamoaga qaytishi yaxshi narsa. Ular orasida yaqin yillarda yuz bergan Ronaldu va Anri voqeasi ham bor. Quyida shu va boshqa keyslarga to‘xtalib o‘tmoqchimiz.

Krishtianu Ronaldu – «MYU»

18 yoshli o‘spirin sifatida olib kelingan Ronaldu, «Manchester Yunayted»da haqiqiy to‘purarga aylanib, «Oltin to‘p»ga ega chiqqandi. Portugaliyalik «qizil iblislar» safidan 2009 yilda ketgan. Unga qadar Ronaldu 84 ta APL goliga ega edi. «Real» uni 80 million funtga xarid qiladi. Madridda qahramonimiz yana 4 ta «Oltin to‘p» yutib, jami 450 ta gol urishga erishdi. Uch yil «Yuventus»da o‘ynagach, 2021 yilda Ronaldu sotuvga qo‘yiladi. «Manchester Siti» uni xarid qilishga chog‘lanadi. Ammo so‘nggi soniyalarda «MYU» Ronalduni yana o‘ziniki qildi. Afsuski, ikkinchi davr oson kechmadi. 2022 yilning noyabrida, o‘sha mashhur intervyudan keyin, Ronaldu sevimli klubidan quvildi.

Tyerri Anri – «Arsenal»

Anri chap qanot futbolchisi edi. Ammo «Arsenal»dagi dastlabki sakkiz yil, uni yuqori darajadagi hujumchiga aylantirdi. Fransuz 2007 yilda «Barselona»ga ketguniga qadar,to‘pchilar safida 226 ta gol urishga erishgandi. Tyerri Anri 3 yil «Barselona»da bo‘ldi. Bu vaqt orasida u 80 ta o‘yinda 35 ta gol urdi. Keyin esa «Nyu-York RB» klubiga ketdi. 2012 yilda Anri ijara asosida yana «Arsenal»ga qaytib keladi. U «Arsenal» safidagi eng so‘nggi bahsini gol bilan yakunlagandi.

Didye Drogba – «Chelsi»

Drogba 2004 yilda 24 million funt evaziga sotib olinadi. Oradan sakkiz yil o‘tib, ketar chog‘da hujumchi YECHL finalida «Bavariya»ga qarshi muhim golni urgandi. Shundan keyin Drogbani biz «Galatasaray» saflarida ko‘rdik. Shuningdek, ivuarlik futbolchi bir muddat Xitoy chempionatida ham harakat qildi. Drogba 2014/15 yilgi mavsumda «Chelsi»ga qaytadi. Mavsum so‘nggida esa jamoadan butunlay ketadi. Ikkita davr davomida u londonliklar uchun jami 164 ta gol urishga erishadi.

Zlatan Ibragimovich – «Milan»

Zlatan butun umri davomida jami 9 ta klub sharafini himoya qildi. Ammo ko‘pchilik uni «Milan»dagi davri bilan yaxshiroq eslaydi. Shvesiyalik hujumchi 2010 yilda «Barselona»dan ijaraga olinadi. Keyingi mavsumdan esa u butunlay xarid qilinadi. 2011 yilda «Milan»ni chempion qilishda Ibragimovich o‘zining 28 ta goli bilan yordam bergan. Mavsum oxirida hujumchi «PSJ»ga yo‘l oladi. Ko‘plab klublarda harakat qilgan qahramonimiz, 2020 yilda, 38 yoshida yana «Milan»ga qaytdi. Uning harakatlari bilan 2022 yilda rossonerilar yana bir bor Italiyada tengsiz deb topildi. Ibragimovich shu yili futbol bilan xayrlashdi.

Serxio Ramos – «Sevilya»

Ramos «Sevilya» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U 2004 yilda, 18 yoshida kattalar jamoasida debyut o‘tkazgan. Himoyachi o‘spirin davrida 49 marta maydonga tushib, «Sevilya»ni La-liga yetakchilari qatorida bo‘lishiga yordam bergandi. Ramosning o‘yinlari «Real» e’tiboriga tushadi. U poytaxt jamoasiga o‘tib, u yerda 671 ta o‘yinda ishtirok etgan. 16 yil davomida Ramos jami 22 ta titul yutishga erishdi. Ular ichida 4 ta YECHL bosh sovrini bor. Fransiyadagi ikki mavsumdan keyin, Ramos yana «Sevilya»ga qaytdi. 37 yoshli futbolchi andalusiyaliklar bilan 1 yillik shartnomaga imzo chekkan. U 20 yil o‘tib, yana jonajon klubiga qaytdi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:18, 27.10.2023.
O'qildi: 3746 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.