Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» sobiq hujumchisi Mbappe va Xoland o‘rtasida tanlov qildi

«Real» sobiq hujumchisi Mbappe va Xoland o‘rtasida tanlov qildi

Baho:
+ | -

«Real»ning sobiq hujumchisi Predrag Miyatovich jamoa hujumida kimni ko‘rishni xohlashini aytdi: fransiyalik Kilian Mbappe yoki norvegiyalik Erling Xoland.

«Erling – haqiqiy fenomen, gollar mashinasi. Ammo u norvegiyalik, u hech qachon Kilian kabi imidj va ta’sirga ega bo‘lmaydi.

Agar tanlashga to‘g‘ri kelsa, barcha pulimni Mbappeni sotib olishga sarflagan bo‘lardim. U haqiqiy superyulduz, uning atrofida juda ko‘p OAV bor», - dedi Miyatovich AS nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe hozirda Fransiyaning «PSJ» klubi futbolchisi hisoblanadi. Xoland, o‘z navbatida, Angliyaning «Manchester Siti» klubi sharafini himoya qiladi.

Kiritildi: 16:21, 27.10.2023.
O'qildi: 1745 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.