«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong «Real»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Yaqinda kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi Ernandes gollandiyalik futbolchining 28-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan «el-klasiko»da ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi, biroq, ko‘rinishidan, yarim himoyachi hali optimal formaga chiqmagan. Taniqli insayder Xavi Migelning xabar berishicha, de Yongni «Barselona»ning asosiy tarkibida kutish qiyin.