Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Mirjalol Qosimov: "O‘zimizga yarasha muammolarimiz bor"

Mirjalol Qosimov: "O‘zimizga yarasha muammolarimiz bor"

Baho:
+ | -

“Andijon” – OKMK (0:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

— Kerakli natijaga erishdik. Albatta, oson bo‘lgani yo‘q. “Andijon” jamoasini o‘rganib chiqqandik. Yuqoridan uzatmalar va qolaversa, kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Biz shunga tayyorgarlik ko‘rgandik. Bu uzatmalar o‘z-o‘zidan emas. O‘z maydonida “Navbahor”, “Paxtakor” kabi klublarga qarshi ikkinchi planda o‘ynab turib gollar kiritgandi. Jizzaxdagi uchrashuvda ham uzatmadan keyin to‘p kiritib, g‘alabani ilib ketishgandi. Bo‘yi uzun futbolchilari ham bor va biz barchasiga tayyorlangandik. Muhimi, uch ochkoga erishdik. Ikkinchi bo‘limda yigitlar natijani ushlab qolish uchun harakat qilishdi. Bu normal holat.

— O‘yinning oxirida sizda qanday hissiyotlar o‘tdi? Chunki “Andijon” “Paxtakor”, “Navbahor” kabi jamoalarga qarshi oxirgi daqiqalarda gol urib yutib ketgandi...
— Yigitlarimizga ishongandim. Aytyapman-ku, biz tayyor edik. Menimcha, “Paxtakor”ga 85-daqiqada gol urishgandi. Jizzaxda ham o‘yin oxirlarida gol urishdi va u yerda 1:0 hisobida yutqazib turib keyinchalik 1:2 hisobida g‘alaba qozonishgan. “Navbahor”da ham shunday tarzda yutib ketishgan. Bu ham biz uchun o‘ziga yarasha motivasiya edi. Eng yaqin ta’qibchimiz “Andijon” jamoasi edi, ikki ochkoga ortda ketayotgandi. Ko‘p kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi.

— Xalqaro o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin jamoani “Andijon”ga qarshi bellashuvga tayyorlash qiyin bo‘lmadimi?
— Albatta, qiyin. O‘zimizga yarasha muammolarimiz bor. Jarohatlar juda ko‘p. Adashmasam, 10 ga yaqin futbolchilarda jarohat bor, bu ham o‘ziga yarasha malaka. Bu sinovdan ham o‘tamiz. Bu – futbol. Sport kontaktlarga boy. Kutilmagan jarohatlar desa ham bo‘ladi. Bu narsadan ham o‘tib olamiz. Bizni qiynayotgani jarohatlar. Nimagaki, oldinda muhim uchrashuvlar bor. Tiklanish jarayoni qiyinchilik tug‘diryapti. Hamma narsa o‘tadi ketadi. Bu ham bir sinov, normal holat, boshqa ilojimiz yo‘q.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 20:35, 28.10.2023.
O'qildi: 1051 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик