Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Aleksandr Krestinin: “Bunyodkor”ga barqarorlik yetishmayapti"

Aleksandr Krestinin: “Bunyodkor”ga barqarorlik yetishmayapti"

Baho:
+ | -

Superliga 23-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Neftchi” (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Bellashuv kurash va emosiyalarga boy kechdi. “Neftchi” tajribali jamoa. Yaxshi murabbiy, yaxshi futbolchilar mavjud. Yigitlar mashg‘ulotlar orqali bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishdi.

Jamoani mavsum boshlanganida keyin qabul qilib oldim. 8 ta o‘zgarish qildik, yigitlarni mashg‘ulotlarda moslashish jarayoni oson kechmadi. Harakat qilishyapti, ammo natijalar hali barqaror emas. Lekin o‘yin sifati o‘zgaryapti. Rahbariyat mavsum boshida bo‘lganda vazifa qo‘yishi mumkin edi, mavsum o‘rtasida qabul qildik, maqsad har bir bahsda g‘alaba qozonish. Rahbariyat bilan bu borada gaplashib oldik. Albatta, zo‘r natija qilishni hamma xohlaydi. Biroq rahbariyat vaziyatni tushunib turibdi.

Har qanday futbolchi gol kiritishi muhim. U xoh yosh bo‘ladimi, boshqami. Sultonov zaxiradan qo‘shilib gol urayotgani birinchi marta emas. Umid yaxshi, sifatli o‘yinchi. To‘g‘ri, unda boshqalarga nisbatan tajriba kamroq. Chunki katta futbolga bo‘lgan qarashlarini endi shakllantirib bormoqda. Yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda.

Mavsum o‘rtasida hammasini joyiga qo‘yish qiyin, o‘zgarishlar qilyapmiz. Men oldin yomon demagan bo‘lardim. Avval ham ochko jamg‘arib kelgan jamoa. Biz boshqacha futbol qo‘rsatmoqchimiz. Hozir ushbu jarayondamiz, bu oddiy jarayon emas. Barqarorlik, o‘ziga bo‘lgan ishonch etishmayapti. Har bir mashg‘ulotlarda va shunday o‘yinlarda yigitlar mahoratlarini qo‘shib borishmoqda”, – dedi Krestinin.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 06:39, 29.10.2023.
O'qildi: 788 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик