"RB Leypsig" yarim himoyachisi Dani Olmo jarohati tufayli yilning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.
Olmo kecha Bundesliga doirasidagi "Kyoln"ga qarshi o‘yinda (6:0) jarohat oldi. 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi, ammo 7 daqiqadan so‘ng maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.
Joriy Germaniya chempionatining 5 ta uchrashuvida yarim himoyachi 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.