Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Ouen: "Oltin to‘p" uchun Xoland asosiy da’vogar, lekin Messi bu sovrinni qo‘lga kiritadi"

Ouen: "Oltin to‘p" uchun Xoland asosiy da’vogar, lekin Messi bu sovrinni qo‘lga kiritadi"

Baho:
+ | -

"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Maykl Ouen bu yil qaysi futbolchi "Oltin to‘p"ni olishga loyiq, degan savolga javob berdi.

"O‘ylashimcha, bu yil "Oltin to‘p"ni ikki kishi qo‘lga kiritishga loyiqdir. Nomzodlardan biri Erlin Xoland. U 53 o‘yinda 52 ta gol urdi va treblga erishdi - bu uning uchun juda ta’sirli yil bo‘ldi. Lekin u g‘alaba qozonadi deb o‘ylamayman. Katta ehtimol bilan Xoland ikkinchi o‘rinni egallaydi. Chunki Messi butun faoliyatini orzu qilgan yil bo‘ldi. Uning yaxshi statistikasi bor edi, lekin jahon chempionatida g‘alaba qozonish va uning asosiy yulduziga aylanish - bunday faoliyatining deyarli mukammal yakuni, shunday emasmi? Shunday ekan, agar u g‘alaba qozonmasa, hayron qolaman", - dedi Ouen AS bilan suhbatda.

2023 yilgi "Oltin to‘p"ni topshirish marosimi 30 oktyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi. 2022 yilda bu sovrin sohibi "Real"ning sobiq hujumchisi Karim Benzema bo‘lgan edi. 36 yoshli Messi ayni damda bu sovrinning yetti karra sohibi hisoblanadi. 2022 yilda forvard Argentina terma jamoasidagi faoliyatida ilk bor jahon chempioni bo‘ldi.

Kiritildi: 17:22, 30.10.2023.
O'qildi: 1958 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.