Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Timoti Vea: «Yutug‘im – yangi sharoitlarga tez moslashish»

Timoti Vea: «Yutug‘im – yangi sharoitlarga tez moslashish»

Baho:
+ | -

«Yuventus»ning yangi hujumchisi Timoti Vea FIFA kunlari o‘tkazilgan AQSH - Germaniya o‘yini (1:3)da deyarli trekvartista pozisiyasi rolini bajardi.

va «Inter»ning sobiq himoyachisi Robin Gozens uchun katta muammolar tug‘dirdi. Qisqasi, liberiyalik afsona Jorj Veaning o‘g‘li munosib harakatlandi nemislarga qarshi bahsda. «Oxirgi vaqtlar o‘z ustimda tinmay ishlayapman, - dedi 23 yoshli futbolchi o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin. - O‘ylaymanki, tezlik hisobiga Gozens vazifasini murakkablashtirishga urindim va birinchi bo‘limda buni uddaladim. Afsuski, tanaffusdan keyin ishimiz ancha og‘irlashdi, ayniqsa, mudofaada sezilarli darajada qiynaldik».

- «Yuventus»dagi birinchi oylarni qanday baholaysiz?

- Barchasidan bag‘oyat xursandman. «Yuventus»dek klubda yuqori saviyali futbolchilar bilan birga o‘ynash - ajo­yib. Har kuni mashg‘ulotlarda yangi-yangi jihatlarni o‘zlashtiryapman. Xullas, «Yuve»da o‘ynash - katta baxt.

- Xo‘sh, klubda kimlar bilan ko‘proq muloqotga kirishyapsiz?

- Hamma bilan chiqishib ketdim. To‘g‘ri, Kin va Pogbaga yaqinroqman, baribir. Pol hozir qiyin davrni boshdan o‘tkazmoqda, shuning uchun unda hammasi yaxshi ekanligiga ishonch hosil qilish maqsadida uyiga tez-tez borib turibman. Chunonchi, Pogba aslida ajo­yib yigit. Yana Kyeza va Vlaxovich ham klub, o‘yin ritmiga moslashishimda katta yordam berishdi. Shuningdek, adaptasiya jarayonida Makkenni asosiy rolni bajarganini aytishim kerak. U odatda maydonda ham, uning tashqaridasi ham jamoaga ijobiy energiya ulashadi.

- Taktik nuqtai nazardan qarasak, «Yuventus» va terma jamoada butunlay boshqa-boshqa rollarni bajaryapsiz.

- Turinda o‘zim uchun yangi rol kashf etayotganim juda muhim. Chunonchi, «Yuventus»da terma jamoadagidan farq­li o‘laroq, hujum chizig‘ida chuqurroq harakatlanaman. Asosiysi, yangi sharoitlarga tez moslashish qobiliyatim yo‘q emas. Terma jamoada Pulishich va Reyna kabi futbolchilar bilan uch hujumchi taktikasi bo‘yicha harakatlanamiz - bu chizma juda ma’qul. Qayerda maksimal darajada naf keltiraman? Agar tanlash imkoni berilsa, chap qanotda o‘ynashni afzal ko‘raman. Bunda markazga o‘tish va bo‘sh nuqtani yopish imkoni bor. Lekin murabbiy butun jamoa manfaati yo‘lida ish tutishini ham to‘g‘ri tushunaman.

- Allegri sxemasiga qanchalik mos tushdingiz?

- Ba’zilar «Yuve» uslubida himoyaviy futbolga e’tibor kattaligini tanqid ostiga olishadi. Lekin shaxsiy fikrimcha, bunda yomon tomoni yo‘q, zero, mudofaa jamoa muvaffaqiyatining asosiy omili hisoblanadi. Demak, himoyaviy ishlarda faolroq bo‘lishim kerak, shuning barobarida qarshi hujumda tezlik evaziga jamoaga son jihatidan ustunlikni ta’minlayman. Ishonchim komil, Allegri tufayli futbolchi sifatida hali ulg‘ayaman.

- Italiya futboliga moslashishda qanday muammolar bor?

- Italiyada taktik tayyorgarlikka ko‘proq e’tibor berilishi hammaga ma’lum. «Lill» o‘yini bilan taqqoslaganda, vaziyat men uchun butunlay o‘zgardi. Nafaqat yangi rolga ko‘nikishim, balki taktik tushunchani muntazam oshirib borishim talab etilardi. Hozirgi holatim yomon emas, Italiya chempionatida o‘zimni erkin his qilyapman. Oilamning bu mamlakat bilan aloqasini hisobga olgan holda, o‘zimni italyanlardek his qila boshladim hatto. Umuman, mahalliy turmush tarzi ma’qul, italyancha taomlarga esa gap yo‘q.

- Joriy mavsum uchun shaxsiy maqsadlaringiz qanday?

- Jamoaga imkon qadar ko‘proq va sifatliroq yordam berishim kerak. Yangi rolga tobora yaxshiroq moslashmoqdaman va barchasini shu ruhda davom ettirishni xohlayman. «Turin derbisi»da chakki o‘ynaganim yo‘q, menimcha. Endi jamoa g‘alabalariga gollar vositasida tez-tez hissa qo‘shsam, bas. Albatta, «Torino» bilan bahsdagi kabi 90 daqiqa o‘ynagan holda...

MUHAMMADXON tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:57, 30.10.2023.
O'qildi: 1147 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.