"Real" shu hafta Rodrigo bilan yangi shartnoma imzolaydi.
Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv payshanba kuni imzolanadi. Shartnoma muddati 2028 yilning yoziga qadar.
Shartnomada 1 milliard yevro miqdorida tovon puli ko‘zda tutilgan.
Braziliyalik futbolchi 2019 yildan beri "Real"da o‘ynab kelmoqda. U joriy mavsum Ispaniya chempionatida 11 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan.