Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

«Metallurg» U19 jamoasi O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi

«Metallurg» U19 jamoasi O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Kecha mamlakat U19 chempionatida oxirgi – 24-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bekobodning “Metallurg U19” jamoasi so‘nggi uchrashuvni “Andijon” jamoasidan tengqurlariga qarshi o‘tkazib, yirik – 7:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bekobodliklarning asosiy raqiblari – “Nasaf” va “Mash’al” Qarshidagi to‘qnashuvda durang o‘ynab, “Metallurg U19” ga chempionlik eshiklarini ochib berishdi.

Bevosita o‘yin tafsilotlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, uchrashuv maydon egalarining to‘liq ustunligi ostida o‘tdi. Birinchi taymning o‘zidayoq “Metallurg” yoshlari raqib darovzasiga javobsiz uchta gol kiritishib, o‘yin taqdirini hal etib qo‘yishdi. Biroq tanaffusda murabbiylar futbolchilarga aslo bo‘shashmaslikni, so‘nggi soniyalargacha kurashish lozimligini uqtirishdi. Ikkinchi bo‘limda maydonga qaytgan bekobodlik yoshlar bosimni yanada oshirishdi va mavsumdagi eng yirik g‘alabasini rasmiylashtirishdi – 7:1.

E’tiborga molik jihati, mazkur uchrashuv Bekobod futboli faxri, “Gennadiy Krasniskiy klubi” a’zosi, ayni paytda U21 jamoamiz murabbiylar shtabida faoliyat yuritayotgan Zohid Abdullayevning farzandi – Behruz Abdullayevning benefisiga aylanib ketdi. U 54 daqiqa oralig‘ida “poker”ni rasmiylashtirdi. Bugungi bahsda shuningdek, Ali Rixsiboyev, Ruslan Mangold va Ravshanbek Abdumannonovlar muvaffaqiyat qozonishganini qayd etish lozim.

Ikki yil muqaddam “Metallurg” futbol klubi qoshida ochilgan “El Golaso” futbol akademiyasining birinchi qaldirg‘ochlari shohsupaning yuqori pog‘oansiga ko‘tarilishdi.

O‘zbekiston U19 chempionati
25-tur, 31.10.2023 yil
"Metallurg" –  "Andijon" – 7:1 (3:0)
Gollar: Behruz Abdullayev (7, 18, 52, 54), Ali Rixsiboyev (15), Ruslan Mangold (68), Ravshanbek Abdumannonov (71), Islomjon Rahimov (86)
Hakamlar: To‘rabek Suyunov, Alisher Rahimqulov, Adham Sunnatov, Doston Rahmonov.
Nazoratchi: Qahramon Yuldashev.
Komissar: Oybek Yunusov.
"Metallurg U19": 98.Dilrux Aliyev,  24.Ro‘ziboy Fayzullayev (36.Mansur Sharipov, 75), 27.Ravshanbek Abdumannonov, 32.Zafarbek Rahimjonov (92.Samandar Islomov, 75), 37.SHohruhxon Mo‘minov (67.Murodjon Erkinov, 46), 38.Ali Rixsiboyev, 41.Bexruz Abdullayev (83.Sayfiddin Mavlonov, 67), 42.Ibrohim Ergashaliyev (58.Ozodbek Ergashev, 67), 43.Ruslan Mongold, 72.Samirjon Rabbimov, 73.Azizbek Anvarov (52.Jasur Jumanazarov, 75).
“Andijon U19": 82.Abdumalik Nurmuhammadov, 24.Abdusamad Hamidjonov (43.Elvis Shavkatov, 46), 32.Habibullo Habibullayev, 45.Muhammadqodir Abdumalikov, 51.Muhammadyusuf Turg‘unov (48.Elnur To‘rayev, 70), 71. Samandar Tursunboyev (52.Mavlonjon Muhammadaliyev, 70), 74.Abbosbek Abdug‘afforov (s), 75.Islomjon Rahimov, 78.Avazbek Rustambekov (56.Aliyor Solijonov, 46), 79.Muhammaddiyor Mahmudov (33.Bilol Jumaboyev, 46), 80.Samandarbek Mo‘minov (25.SHohislom Abduxalilov, 46).
Ogohlantirishlar: Muhammadyusuf Turg‘unov (26), Ozodbek Ergashev (69), Abdumalik Nurmuhammadov (72).

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 08:16, 01.11.2023.
O'qildi: 1665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик