Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Falastinni qo‘llab-quvvatlaganlar yana jabr ko‘rdi

Falastinni qo‘llab-quvvatlaganlar yana jabr ko‘rdi

Baho:
+ | -

Shotlandiyaning «Seltik» futbol klubi Ispaniyaning «Atletiko» klubi bilan Chempionlar ligasi o‘yinida Falastinni qo‘llab-quvvatlagan 200 dan ortiq jamoa muxlislarining abonementlarini noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘ydi.

Avvalroq, «Atletiko» YECHL guruh bosqichi 3-turi doirasidagi «Seltik» bilan safarda durang o‘ynagandi – 2:2.

Uchrashuv «Seltik Park» stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘yin davomida «yashil brigada» muxlislar jamoasi a’zolari Shotlandiya klubi rahbariyatining taqiqiga qaramay, Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi bannerlarni stadion bo‘ylab ko‘rsatishdi. UYEFA delegati voqeani protokolga kiritdi.

The Telegraph nashrining yozishicha, «yashil brigada» muxlislar guruhining 200 dan ortiq a’zosiga ularning abonementlari keyingi ogohlantirishgacha to‘xtatilgani haqida xabar berilgan.

Shu bois «yashil brigada» Shotlandiya Premyer-ligasining 11-turi doirasidagi «Seltik»ning 1 noyabr kuni «Sent-Mirren»ga qarshi uyinda ishtirok eta olmaydi.

Qayd etilishicha, agar assosiasiya rahbarlari bilan muzokaralar samarali natija bersa, taqiq bekor qilinishi mumkin.

Klubdan kelgan maktubda aytilishicha, keskin choralar ko‘rilishiga sabab – «qayta-qayta sodir bo‘lgan nomaqbul xatti-harakatlar», shuningdek, muxlislarning pirotexnika vositalari va haqoratomuz so‘zlardan foydalanishi bo‘lgan.

Bunday qaror Falastinni qo‘llab-quvvatlash namoyishiga javob emasligi ta’kidlangan.

Kiritildi: 21:19, 01.11.2023.
O'qildi: 5011 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик