Kirish Ro'yxatdan o'tish

Portugaliyalik markaziy himoyachiga endi «Real» qiziqib qoldi

Portugaliyalik markaziy himoyachiga endi «Real» qiziqib qoldi

Baho:
+ | -

Lissabonning «Sporting» klubi markaziy himoyachisi Gonsalo Inasiu «Real»ning transfer maqsadiga aylandi.

Bir necha kun avval ma’lum bo‘lganidek, «qirollik klubi» 22 yoshli futbolchiga Angliyaning «Liverpul» va «Manchester Yunayted» klublari bilan birgalikda da’vogarlik qilmoqda. Diario AS'ning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, «Real Madrid» himoyadagi kadrlar bilan bog‘liq muammolarni hisobga olib, yanvar oyidayoq portugaliyalikni sotib olishga urinishi mumkin.

Transfermarkt mutaxassislari Gonsalo Inasiuning narxini 30 million yevroga baholamoqda, uning shartnomasidagi tovon puli esa 60 millionni tashkil etadi.

Joriy mavsumda futbolchi «Sporting»ning 13ta uchrashuvida birorta ham gol urmagan.

Kiritildi: 23:19, 01.11.2023.
O'qildi: 1387 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.