Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Jokovich: «Katta tajribaga qaramay asabiylashdim»

Jokovich: «Katta tajribaga qaramay asabiylashdim»

Baho:
+ | -

«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi turnirlarning 24 karra chempioni, dunyoning birinchi raqamli tennischisi, serbiyalik Novak Jokovich bir yarim oy ichida birinchi marta intervyu berdi.

Parijdagi (Fransiya) «Masters»ning ikkinchi davrasida Jokovich (1) dunyoning 31-raketkasi argentinalik Tomas Martin Etcheverini 6:3, 6:2 hisobida mag‘lub etdi.

«Men mamnunman. O‘ylaymanki, muhim daqiqalarda yaxshi o‘ynadim. Kordda raqibimga turli xil variantlarni taklif qilishda davom etdim. Menimcha, bu menga birinchi setda breyk qilishimga imkon berdi.

Mening eyslarimda pasayishlar bor edi. Uchrashuvning ba’zi qismlari juda zo‘r o‘tdi, boshqa paytlarda ritmni yo‘qotib qo‘ydim.

Lekin uzoq vaqt davomida rasmiy o‘yinlarda ishtirok etmasangiz, biroz formadan chiqib ketish normal holat deb o‘ylayman. Ammo bu faol rivojlanayotgan raqib ustidan ikki setdagi g‘alaba va katta yutuqni anglatadi.

Atrofimdagilar har doim shuncha hafta o‘ynamaslik xavfli ekanligini aytishadi va men buni tushunaman.

O‘yin oldidan juda katta tajribaga qaramay asabiylashdim. Ammo zarbalarimni to‘g‘rilash uchun vaqt kerak, men birinchi set oxirida muvaffaqiyatga erisha boshladim va bu ajoyib bo‘ldi», - deya Jokovichning so‘zlarini keltiradi ATP matbuot xizmati.

Kiritildi: 10:12, 02.11.2023.
O'qildi: 1173 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.