Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori - Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol - Port
14/10 15:00 Vissel Kobe - Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib - Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf - Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra - Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK - Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq - Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun - Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy - An-Nahda

Lionel Messi: «Bu mukofot butun Argentina xalqi uchun»

Lionel Messi: «Bu mukofot butun Argentina xalqi uchun»

Baho:
+ | -

Sakkizinchi «Oltin to‘pi»ni qo‘lga kiritgandan so‘ng, Lionel Messi o‘zining quvonchini va o‘tgan sport yilini esladi.

Argentinalik daho «PSJ»dan xafa emas, lekin «Barsa»ga nisbatan o‘zgacha mehrini saqlab qoladi.

- Sahnaga chiqayotib nimalarni o‘yladingiz?

- Bu sovrinni argentinaliklar bilan bo‘lishish imkonidan xursand bo‘lganimdan boshqa hech narsa yo‘q. Bu mukofot butun Argentina uchun, uning xalqi uchundir. Jahon chempionati - bu men argentinaliklarga bag‘ishlagan g‘alaba, garchi «Barsa» haqida ham shunday o‘ylayman.

- Sakkizinchi «Oltin to‘p»ning o‘ziga xosligi nimada?

- Barcha «Oltin to‘plar» alohida mavzu. Ha, men «Barsa»da katta yutuqlarga erishdim, ammo Argentina tufayli olgan mukofotlarim yanada kattaroq. Jahon chempionatidagi g‘alaba - bu fantastika va umid qilamanki, biz keyingisida yana g‘alaba qozonamiz.

- O‘zingizni tarixdagi eng yaxshi o‘yinchi deb hisoblaysizmi?

- Eng zo‘ri ekanligimni bilmayman, o‘zimga bu savolni bermayman va bu meni qiziqtirmaydi. Eng yaxshilaridan biri ekanligimni gapirishayotganliklarining o‘zi men uchun sharafdir. Barcha bolalar futbol o‘ynashni xohlashadi va eng yaxshilaridan biri bo‘lishga harakat qilishadi.

- Bu yil faoliyatingizdagi eng yaxshisimi?

- Bilmayman, lekin u boshqalaridan farq qiladi. Men dunyoning eng yaxshi jamoalarida o‘ynashga, Chempionlar Ligasi, Amerika Kubogini yutishga muvaffaq bo‘ldim, ammo jahon chempionati haqiqatdan ham o‘ziga xosdir. Bu menga yetishmayotgan yagona narsa edi, eng muhimi, bolaligimdagi orzuimga erishdim. Bu Argentinada juda muhim va menda bunday imkoniyat bo‘ldi.

- Mukofotda «PSJ»ning ta’siri qay darajada? Va bu haqda qanday xotiralarni saqladingiz?

- Bir qator sabablarga ko‘ra Parijni tark etishim kerak edi, lekin undan olgan foydam beqiyos. Ya’ni bu yerda yaxshi do‘stlarim bor, men juda xursand bo‘ldim va bolalarim shaharni yaxshi ko‘rishdi. Ular Fransiyada qolishimizni xohlashdi. Sport nuqtai nazaridan, kutganimdek bo‘lmadi, lekin men hamma yaxshi xotiralarni saqlayman va ular ko‘p.

- «Barsa»ga murabbiy sifatida qaytish imkoniyatini ko‘rib chiqasizmi?

- Murabbiylik meni o‘ziga jalb qilmaydi, deb o‘ylayman. Bugun, «Barsa»ga qaytishim mumkin bo‘lsa, bunday holatda bo‘lmasdi, ammo biz hamkorlik haqida o‘ylashimiz mumkin. Men uzoq vaqt o‘ynaymanmi yoki yo‘q, bilmayman, lekin davom etishni xohlayman. Qanday bo‘lmasin, har doim «Barsa»ni kuzatib boraman va klubga yaqin turaman.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:26, 02.11.2023.
O'qildi: 2264 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик