ProSports Management agentligining Osiyo bo‘limi boshlig‘i Qahhor Mo‘minov o‘z mijozi Abbosbek Fayzullayevga «armiyachilar» jamoasi ishonch bildirgani uchun SSKAdan minnatdor ekanini aytdi.
«Men klubdan o‘zbekistonlik yosh yigitga ishongani uchun juda minnatdorman. Biz rahbariyat bilan birgalikda barcha keyingi qadamlarni birga qo‘yamiz.
O‘sha Zaynutdinovning hikoyasi Abbosni yanada ko‘proq mehnat qilishga undashi kerak. Fayzullayevga Portugaliya chempionatining kuchli klubi qiziqqan edi.
Gollandiyadan taklif bo‘ldi, lekin u yerda 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar uchun eng kam maosh to‘lashlari bizga mos kelmadi.
Buning ustiga, Turkiya Superligasining barcha yetakchi klublari biz bilan muloqot qilishdi. Qolaversa, Yaqin Sharqdan bir necha kishi», — deya Mo‘minovning so‘zlarini keltiradi Sport24.