Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Ro‘ziqul Berdiyev: «Superligani qurbon qilganimiz yo‘q»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Superligani qurbon qilganimiz yo‘q»

Baho:
+ | -

Superliga 24-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» – «Neftchi» (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tdi. Lima o‘z vaziyatini golga aylantirganida natija biz uchun yaxshi bo‘lardi.

Chempionlik uchun kurashayotgan ikki jamoa o‘zaro to‘qnash keldi. O‘ylashimcha, kurash hali davom etadi. Bugun futbolchilardagi toliqish o‘z so‘zini aytdi. Mezbonlar bizga qaraganda yengilroq harakat qildi.

Shu sababli, birinchi taymda ham, ikkinchisida ham himoyalanishga majbur bo‘ldik. Aslida bugungi rejamiz ham shunday edi. Ko‘proq himoyalanib, qarshi hujumlarga e’tibor qaratgan edik. Buni birinchi bo‘limda amalga oshirdik, ammo ikkinchisida charchoq kuzatildi.

Biz Superligani qurbon qilganimiz yo‘q. Natija ham biz uchun yomon bo‘lmadi. Taqvimimiz juda ham zich. Charchoq sababli, natijani birinchi o‘ringa qo‘yib, tejamkor o‘yinga intilyapmiz. Hozirgi holatimizda kuchli bosim, yuqori tempda harakat qila olmaymiz», – dedi Berdiyev.

Kiritildi: 21:36, 03.11.2023.
O'qildi: 2092 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.