Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Ten Xagga tegmay turish shart»

«Ten Xagga tegmay turish shart»

Baho:
+ | -

Taniqli jurnalist Qahramon Aslanov «MYU» va Ten Xag haqida fikr bildirdi.

«So‘nggi kunlarda ten Xagning «Manchester» «Ayaks» kabi o‘ynamasligi haqidagi iqtibosi ko‘p aylandi. Savollar paydo bo‘ldi, unda nega taklif qilindi, murabbiy o‘z qarashlarini o‘zgartiryaptimi va hokazo. Ten Xag uni noto‘g‘ri tushunishganini, murabbiy Manchesterdagi futbolchilarga mos uslub kerakligini aytmoqchi bo‘lganini ta’kidladi. Albatta, yomon natijalar fonida murabbiyning har bir fikriga e’tiroz qilish oson, ammo tarkibdagi joriy muammolar o‘ylaganimizdan kattaroq ekanini tan olish kerak.

Ten Xag har qancha Reshford yoki Brunoga moslashmasin ikki jihatni jamoa o‘yiniga olib kirayotgani, shunga urinayotgani yaqqol ko‘rinadi. Pressing va Bild-ap. Har ikki yo‘nalish aynan himoya chizig‘idagi beqarorlik tufayli ishlamayotganining ob’ektiv sabablari bor.

Pressing. Jamoa o‘yinida bu o‘zgarish o‘tgan yiliyoq sezilgan, «MYU» APL da pressing ko‘rsatkichlari bo‘yicha uchlikda edi, bu mavsumda esa, raqib maydonida to‘pni egallash bo‘yicha eng yaxshi bo‘lib turibdi. Xo‘sh, nega doimiy, barqaror ishlamayapti?

Chunki yuqori pressing futbolchilarning zichroq joylashuvini, ya’ni himoya chizig‘ining oldinga chiqishini taqozo qiladi. Martines-Varan juftligi bilan buning iloji bor, ammo Maguayr - Evans - Lindelof o‘ynar ekan, oldinga o‘tish - o‘zini o‘ldirishdek gap. Uchala himoyachi ham katta zonalarda himoyalana olmaydi, tezlik yetishmaydi. Ular yetarlicha oldinga chiqmagach, markazda bo‘shliqlar paydo bo‘ladi, pressing qiluvchi hujum chizig‘i va himoya chizig‘i o‘rtasi uzilib qoladi. 4-5 futbolchining raqib himoyachilarini ta’qib qilishi mantiqiy davom etmay, uzilib qolaveradi. Raqib bitta yaxshi pas bilan bemalol bir nechta futbolchini uzib qo‘yishi va hujumda son jihatdan ustunlikka erishishi mumkin.

Bild-ap. Ten Xag jamoa yerdan o‘ynashga urinishi, aynan shuning uchun Onana olib kelinganini aytdi. Ammo yana o‘sha gap, Martines, Shou kabi futbolchilarning bosim ostida yaxshi pas bera olish qobiliyati eng muhim faktor edi. O‘tgan yili Martines yo‘qligida ten Xag markazda Maguayr yo Lindelofmas, Shoudan foydalanganini eslang. Bu futbolchilarsiz Onananing ustunliklaridan ham foyda yo‘q.

Maguayr, Lindelof, Evans kabi futbolchilar raqib pressingiga bardoshli emaslar, natijada aksariyat hollarda to‘p yana darvozabonga qaytarilmoqda. Himoyadagi to‘rtlikda eng yaxshi pas bera oluvchisi darvozabon ekani rostan ham katta muammo.

Ham pressing, ham bild-ap ishlamagach, ten Xagning butun imorati barbod bo‘ladi, uni ten Xag qilgan barcha fishkalardan mahrum bo‘linadi.

Yurgen Klopp bir necha yetakchilarsiz «Barselona»ni 4:0 yutgan, ha, ammo agar tizimni tashkil qiladigan ijrochilar safdan chiqsa, butun jamoa tonusni yo‘qotib qo‘yadi. Esingizda bo‘lsa, o‘sha «Liverpul» 2020 yilning oxirida APLda 1-o‘rinda edi, himoya chizig‘i butunlay safdan chiqqach esa, ikki oy ichida 9 marta mag‘lubiyatga uchradi, ikkita kubokdan chiqib ketib, chempionatda 6-o‘ringa tushmb qolgandi.

Aytmoqchimanki, barcha futbolchilar, ayniqsa, Martines va Shou qaytguncha, ten Xagga tegmay turish shart».

Kiritildi: 13:09, 04.11.2023.
O'qildi: 1519 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.